Tohiriylar va Somoniylar davlatlari

Tohiriylar va Somoniylar davlatlari

O'quvchilarga / Tarix
Tohiriylar va Somoniylar davlatlari - rasmi

Material tavsifi

Tohiriylar va Somoniylar davlatlari IX asrda O'rta Osiyo hududida hali ham arablar xukmronligi davom etardi. Ammo erk va xurlik singari olijanob tarixiy an'analarga sodiq bo'lgan avlod-ajdod-larimiz arab bosqinchilariga qarshi kurashni bir daqiqa bo'lsada to'xtatmadilar va mustaqil markazlashgan davlat barpo qilishga intildilar. Bu harakat arab istilochilarini har doim taxlika va qo'rquv ostida saqlab turdi. Ular joylardagi hatto o'zlaridan chiqqan xukmdorlarga ham shubha bilan qarar va ishonmas edilar. Xolid ibn Barmoq - Barmoqiylar misolida buni ko'rib ishonch hosil qilamiz. Barmoqiylar Xuroson va Movarounnahrni idora qilish bilangina chеklanib qolmadilar. Ularning ta'siri markaziy arab halifaligida ham kuchli bo'lgan. Abbosiylar xukmronlik qilgan davrda qariyb ellik yil mobaynida davlatni idora qilishning mas'ul lavozimlari Balxdan chiqqan barmoqiylarning qo'lida bo'lgan. Abbosiylar bunday mas'uliyatli lavozimlarni barmoqiylar qo'liga berishga majbur bo'lsalarda, biroq ularning faollashib borayotganligidan qo'rqar edilar. 786-809 yillarda halifalik qilgan Xorun Ar-Rashidning barmoqiylar xonadoniga qaqshatg'ich zarba berganligini shu ma'noda tushunsa bo'ladi. U xatto o'ziga yaqin bo'lgan qishloqlar aholisini ham qirib tashlagan Hokimiyat tеpasiga barmoqiylar o'rniga Tohiriylar kеladi. Tohiriylar Xurosonning yirik oqsuyak yer egalaridan bo'lib, bu sulolaning asoschisi Tohir ibn Husayn edi. Bu sulola asli Hirot viloyatining Bushang shaxridan edi. Toxir 809-813 yillarda Xorun ar-Rashidning ug'illari Ma'mun bilan Amin o'rtasidagi bo'lgan kurashda Ma'mun tomonida bo'ldi, unga Bag'dodni va halifalik taxtini egallashda yordam berdi. Ma'mun 813 yilda halifalik taxtiga o'tirgach, Toxir ibn Husayn katta xurmat va e'tiborga loyiq nufuzli kishi bo'lib qoldi. 821 yilda u Xurosonning noibi etib tayinlandi. Movarounnahr ham Xuroson noibligi tarkibiga kirardi. Uning qarorgohi Nishopurda edi. Toxir o'z qo'l ostidagi kеng viloyatlarni mustaqil davlatga aylantirish uchun ochiqdan-ochiq harakat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.85 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.85 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga