Tohiriylar va Somoniylar Arablarning O'rta Osiyo hududlaridagi deyarli bir yarim asrlik hukmronlik davri bu hududning erksevar xalqlarining o'z eli, Vatanining mustaqilligi yo'lidagi jo'shqin kurashini, intilishini so'ndiraolmadi. Darhaqiqat, IX asr boshlariga kelib Arab xalifaligida yuzaga kelgan bo'hronli vaziyat, siyosiy tanglik, Xuroson va Movarounnahrda kecha-yotgan ziddiyatli jarayonlar, eng muhimi, bu hududda yuz bergan Rofe ibn Lays qo'zg'oloni (806-810) mazkur o'lka xalqlari uchun xalifalik tobeligidan qutilish, yurt mustaqilligini qo'lga kiritish yo'lida qulay imkoniyatlarni vujudga keltirgandi. Xususan, mashhur xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vafotidan so'ng xalifalik taxtini egallash uchun uning o'g'illari - Amin va Ma'mun o'rtasida keskin kurash boshlangan edi. Bir necha yilga cho'zilgan bu siyosiy mojaro nafaqat xalifalik markazini tang ahvolga solib qolmasdan, balki unga tobe bo'lgan hududlardagi voqealar rivojiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Ma'mun katta qo'shin tuzib, unga Xurosonlik Tohir ibn Hu-saynni boshliq etib tayinladi. Ray yaqinidagi jangda Tohir ibn Husayn al-Amin qo'shinini yengadi va Bag'dodga yurish boshlaydi. Tohir 813-yildayanag'olib kelib Bag'dodni ham qo'lga kiritadi. Ma'mun halifalik taxtiga ko'tariladi. Lekin 819- yilga qadar Bag'dodga bormay, Marvdan turib hokimiyatni boshqaradi. Uning buyrug'i bilan Tohir ibn Husayn Iroq hokimiyati va Bag'dod harbiy garnizoni boshlig'i bo'ladi (819-yilga qadar). Ma'mun Marvdaligidayoqolimlarguruhini o'z atrofiga to'plagan edi. U 819-yilda Bag'dodga borgach, «Baytul hikma» (fanlar akademiyasi)ga asos soladi. Demak, bu fan maskanining negizini awalo, Turkistonlik olimlar tashkil etganlar. Ma'mun halifalik oldidagi katta xizmatlari evaziga Tohir ibn Husaynni 821- yilda Xurosonga noib etib tayinlaydi. Shu tariqa, Tohiriylar davlati vujudga kelib, 873- yilga qadar davom etadi. Uning poytaxti avval Marv, keyinroq Nishopur bo'ladi. Dastlab Movarounnahrniitg ko'pgina viloyatlari ham uning ta-sarrufida bo'lgan. Buning ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.17 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.17 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: doc