Turk xoqonligi. Xoqonlik davrida O'rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy hayoti Turkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davriardan buyon yashab, o'zlaridan munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda ko'plab tarixiy manbalar ham tasdiq etadi; Mo'tabar Xitoy manbalari, mashhur «O'g'iznoma», O'rxun-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli guvohdir. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg'u, O'g'iz, To'qqiz o'g'iz, O'ttuz tatar, Karluq, Kitan, Tolis, Turk, Uyg'ur, To'qri (toharlar), Quriqan, Duba (tuba-tuva)va boshqalar yashardilar. VI asr boshlarida Oltoy o'lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O'sha paytda hozirgi Mo'g'uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug'ining mavqeyi ko'tariladi. 1 Ashin urug'iga mansub Asan va Tuu 460-545- yillarda boshqa ' urug'larni o'zlariga bo'ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar.Tuuning o'g'li Bumin Tele qabilasini ham bo'ysundiradi.^ Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551- yilda Jujan xonining qo'shinlarini yengib, ularni o'ziga bo'ysundiradi; Bumin 552- yilda Xoqon deb e'lon qilinadi va yangi davlat - Turk xoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O'tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug'i ortib borgan. U ko'p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk xoqonligiga har yili o'lpon tariqasidayuz bo'lakdan iborat ipak mato berib turishga majbur bo'lgan. 553- yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o'g'li Mug'anxon (553-572) o'tiradi. Mug'anxon 558- yilda jo'janlarga so'nggi bor qAQSHatqich zarba berib, o'z davlati hukmronligini Tinch okeangacha bo'lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami (unga «Yabg'u» - bahodir unvoni ham berilgan) bo'lsa, bu davrda ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.81 KB
Ko'rishlar soni
374 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.81 KB
Ko'rishlar soni
374 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: doc