Turkiston mintaqasida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat va uning tarixiy ahamiyati Turkistonda oktyabr to'ntarishidan keyin sodir bo'lgan voqealar jarayoni shuni ko'rsatadiki, bolsheviklar o'rnatgan sovet tuzumi o'lka xalqlariga nafaqat mustaqillik, hatto milliy muxtoriyatni ham ravo ko'rmadi. Mustaqillik osonlikcha qo'lga kiritilmasligini tushunib yetgan milliy vatanparvarlar qo'lga qurol olib, bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi qurolli harakat boshlab yubordilar. Biroq sovet tuzumi va kommunistik mafkura hukmronligi yillarida, ularga bosmachi deb nohaq tamg'a bosildi. Bu harakat haqida so'z yuritilgan 1918-1919 yillarning o'rtalarigacha bo'lgan davrga tegishli arxiv hujjatlarida ham bosmachi so'zi uchramaydi. Bu hujjatlarda qaroqchi (razboynik), shayka, juda bo'lmasa bosqinchi (bandit) iboralari qo'llanilgan. 1919 yilning o'rtalaridan boshlab avval ayrim rasmiy hujjatlarda, keyinchalik esa sovet vaqtli matbuotida bosmachi iborasini qo'llash boshlangan. Bosmachi va bosmachilik iboralari milliy ozodlik harakatining mohiyatini pasaytirish, ajdodlarimizning Rossiya imperiyasi zulmi va bolsheviklar hukmronligiga qarshi olib borgan qonli kurashlarini xaspo'shlash uchun buyuk davlatchi shovinistlar tomonidan o'ylab topildi va banditlik, qaroqchilik so'zlari bilan asossiz ravishda bir qatorga qo'yildi. Kommunizm mafkurachilari va ularning maddohlari hatto 1917 yilgacha bo'lgan milliy ozodlik harakatlarini ham ko'p hollarda shu atama bilan nomladilar. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, bosmachi yorlig'i yopishtirilgan ota-bobolarimizning muborak nomlari qayta tiklandi va ularning haqiqiy qiyofalari istiqlolchilar sifatida namoyon bo'ldi. Sovetlarga qarshi harakat Turkiston Muxtoriyati hukumatining tor-mor qilinishi bilan boshlanganligi deyarli barcha tarixchilarning asarlarida e'tirof qilinadi. Aslini olganda, muxtoriyat hukumati ag'darib tashlanmaganida ham yoki bu hukumat hatto mutlaqo bo'lmaganida ham bu harakatining vujudga kelishi tabiiy bir hol edi. Zotan, bu davrda Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat sovet hokimiyatiga qarshi istiqlol kurashining boshlanishini muqarrar qilib qo'ygan edi. Birinchidan, ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.14 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.14 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: doc