Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning faoliyati

Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning faoliyati

O'quvchilarga / Tarix
Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning faoliyati Siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilinishi Turkistonda milliy harakatning keng quloch yoyganidan dalolat berardi. Biroq, yuqorida ko'rsatib o'tilganidek Sank-Peterburgdagi oktyabr to'ntarishi oqibatida 1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Turkiston o'lkasida, xususan, Toshkent va Qo'qonda yuz bergan voqealar milliy ozodlik harakatini kuchayib ketishga majbur qildi. 1917 yil 26-28 noyabrda (yangi hisob bilan 9-11 dekabrda) Qo'qon shahrida Turkiston o'lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo'lib o'tdi. Qurultoy ishining butun tafsilotlarini (jadidlar) o'sha davr gazetalarida tarix uchun muhrlab qo'ydilar. Mustafo Cho'qay qurultoyni ochar ekan, Rossiya va Turkistonning siyosiy va iqtisodiy ahvoli xususida qisqacha ma'lumot beradi. Uning aytishicha, «Markazda yuz berayotgan voqealar, chekka o'lkalarda hokimiyat masalasini mustaqil muhokama etuvini taqozo qilur. Oktyabr xunrezligini boshdan kechirgan Rossiya va Turkiston o'z taqdirlari haqida o'zlari mulohaza yuritmoqlari lozim». Ma'lumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyi va unda qabul qilingan qarorlar o'n yillar davomida millatchilar guruhining yig'inidan e'lon qilingan burjua muxtoriyati deb noto'g'ri talqin qilib kelindi. Hujjatlar esa ushbu holning butunlay aksi bo'lganligini isbotlaydi. Masalan, Turkiston jadidlarining otasi sanalgan Behbudiy o'z ma'ruzasida qurultoyning Turkiston xalqlari tarixida ulkan ijobiy, tarixiy hodisa va burilish davri ekanligini ta'kidlab, Qurultoyimiz qabul qilayotgan qarorlar shuning uchun ham ahamiyatliki, unda Turkiston aholisining yevropalik vakillari ham ishtirok etmoqdalar, deydi. Behbudiy va Obidjon Mahmudov qurultoy hay'atida musulmonlar bilan bir qatorda boshqa milliy guruhlarning ham vakillari bo'lishini yoqlab chiqdilar. Turkistonni boshqarish shakli uch kun davom etgan qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so'zga chiqqanlarning ko'pchiligi Turkistonning muxtor Respublika deb e'lon qilinishi o'lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqan va unga mos tushishini uqtirdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.22 KB
Ko'rishlar soni 265 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.22 KB
Ko'rishlar soni 265 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga