Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar

Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar

O'quvchilarga / Tarix
Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar - rasmi

Material tavsifi

Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar. Reja: Turkiston xalqlarining asriy orzusi. 1917-yilgi fevral inqilobi va Turkiston. Sho'roi Islomiya va Sho'roi Ulamo tashkilotlari. I va II Umumturkiston qurultoylari. Adabiyotlar: O'zbekistonning yangi tarixi 2-kitob T.Sharq- 200, 10-40 betlar. Usmonov Q, Sodiqov M O'zbekiston tarixi (1917-1991-yillar) Sharq 2010, 5-16 betlar. A'zamxo'jayev S. Turkiston Muxtoriyati T.Ma'naviyat 200 3-108 betlar. 1-masala: Ma'lumki, Turkiston o'lkasi chor Rossiyasi mustamlakasiga aylantirilib, bu hududda o'zga millat hukmdorlarining zo'rlikka asoslangan boshqaruv tizimi va siyosati yurgizila boshlaganidan e'tiboran uning mazlum va jabrdiyda xalqlari o'z erki, ozodligidan mahrum etilib, birovlar qo'l ostiga tobe bo'lib qoldilar. Biroq shu narsa haqiqatki, o'lkaning tabiatan mag'rur xalqlari hech qachon o'zlarining chor-nochor qismatiga tan berib, o'zgalar jiloviga bo'ysunib yashashga rozi bo'lmaganlar, balki, aksincha, o'z erki, milliy mustaqilligi yo'lida mardonovor kurashganlar. Olis ko'hna tariximiz zarvaraqlaridan munosib o'rin egallagan, aziz nomlari mangulikka muhrlangan To'maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy, Mavlon- zoda, Abubakr Kalaviy, Amir Temur, Muhammadali Eshon (Dukchi Eshon), Namozbotir Pirimqulov singari nomdor bahodirlarning qaltis tarixiy jarayonlarda ko'rsatgan jasoratlari bunga jonli guvohdir. Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o'zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari tanasida o'chmas dog'-hasrat qoldirdi. U ajdodlarimizni ma'nan va ruhan qo'llab-quvvatlab kelgan asl ma'naviy qadriyatlarni zavol toptirib borib, ularning jismi-joniga mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg'ularini asta-sekin so'ndirishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog'ini qonga belagan chor zobitlaridan biri, qonxo'r general Skobelevning: Millatni yo'q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san'atini, tilini yo'q qilsang bas, tez orada o'zi tanazzulga uchraydi, deb aytgan behayo so'zlari bekorga aytilmagan, albatta. Lekin shunga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.25 KB
Ko'rishlar soni 253 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.25 KB
Ko'rishlar soni 253 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga