Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati

Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati

O'quvchilarga / Tarix
Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati Turkistonda o'rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri XX asr boshlarida yanada kuchaydi, iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqnitalash, ezish bilan birga, ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, ma'naviy qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maqsadda o'lkaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdo-sanoat-chilar, muhandis-texniklar, ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan edi. Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodiik uchun intilishini so'ndirolmadi, milliy-ozodlik harakati kuchayib bordi. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o'ylovchi ziyolilar, mahalliy burjuaziya vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg'otish, milliy ongini oshirish, birlash-tirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi. Sharq bilan G'arbni taqqoslab musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan, Rossiya tasarrufiga olingan musnlmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi lsmoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo'lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo'q qilish, ma'naviyat-ma'rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga ko'tarilish harakatini boshlab berdi. lsmoil Gaspirali maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o'qitish masalasini ko'tardi. U 1884-yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. «Jadid» arabcha so'z bo'lib «yangi» degan ma'noni bildiradi. U o'zi tashkil etgan maktab o'quvchilari uchun o'quv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12 o'quvchining savodini chiqarib, Lezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasini chiqarib, o'z g'oyalarini yoydi. 188- yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo'ldosh» kitobini nashr etib, jadid m'aktablarining qurilishi, dars o'tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi. lsmoil Gaspirali g'oyalari Turkistonga ham kirib keldi. 1893- yilda Turkistonga kelib, ilg'or ziyolilar bilan uchrashdi, Buxoro amiri huzurida bo'lib bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usuli jadid» maktablarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.36 KB
Ko'rishlar soni 245 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.36 KB
Ko'rishlar soni 245 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga