Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishi, uning shovinistik siyosati

Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishi, uning shovinistik siyosati

O'quvchilarga / Tarix
Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishi, uning shovinistik siyosati - rasmi

Material tavsifi

Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o'rnatilishi, uning shovinistik siyosati Muvaqqat hukumatning mamlakatni jahon urushidan olib chiqa olmaganligidan, agrar va milliy masalalarni hal etolmayotganligidan bolshcviklar ustamonlik bilan foydalandilar. Bolsheviklar ilgari surgan Butun hokimiyat Sovetlarga!, Yer dehqonlarga, Xalqlarga tinchlik shiorlari ularning hokimiyatga kelishlarida, ayniqsa, asqotdi. Rossiya poytaxti Petrogradda 1917- yil 24-25-oktabrda davlat to'ntarishi sodirbo'ldi. Uni Lenin boshchiligida bolsheviklar partiyasi zo'rlik bilan amalga oshirdi. 1917- yil 25-oktabrda bolsheviklar tomonidan Petrogradda Butunrossiya Sovetlarining H qurultoyi chaqirilib, unda Lenin boshliq Sovet hukumati - Xalq Komissarlar Soveti tuzildi. Sulh va Yer to'g'risida dekretlar qabul qilindi. Sovet hukumati nafaqat Markazda, balki shu bilan birga, sobiq Rossiya imperiyasi tasarrufidagi barcha hududlarda ham o'z hokimiyatini omatish harakatida boidilar. Turkistonda sovet hokomoyatining o'rnatikishi. Bolsheviklar Markazda siyosiy hokimiyatni qo'lga kiritgach, Turkistonda ham sovet hokimiyatini qaror toptirishga intildilar. Turkistonda sovet hokimiyatini o'rnatish g'oyatda murakkab jarayonda kechdi. Buning boisi, avvalo, oktabr g'oyalarining mahalliy tub joy aholining dili va shuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu zamin aholisi bolsheviklar partiyasi dasturida nazarda tutilgan sotsialistik o'zgarishlar orqali hamma narsani umumlashtirish va milliylashtirishni yoqtirmasdi. Mahalliy xalq o'zining tarixan tarkib topgan, asrlar davomida shakllangan o'ziga xos turmush tarzini, yashash sharoitini, xo'jalik yuritish, idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan o'zgar-tirishni xohlamasdi. Bu narsa uning ongi, tafakkuriga, milliy o'zligi va ma'naviy qiyofasiga mos kelmasdi. Ayniqsa, bolsheviklarning ateistik ruhdagi mafkurasi, uning hujumkor yobnalishi islom qadri-yatlari doimo e'zozlanib kelingan bu yurt odamlarining ruhiyati va dunyoqarashi bilan singisha olmasdi. Bir so'z bilan aytganda, mahalliy aholi tabiiy ravishda oktabr g'oyalarini qabul qilmadi va unga moyillik ko'rsatmadi. Biroq begona maslak va g'oyalar bolsheviklar partiyasi va uning Turkistondagi yalovbardorlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.29 KB
Ko'rishlar soni 263 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.29 KB
Ko'rishlar soni 263 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga