Turkistonda sovetlar boshqaruvi tizimining mustahkamlanishi. Reja: Turkiston Sovet Avtonom Respublikasining tuzilishi. O'lkada bolsheviklar hukmronligining kuchayishi. Sovet hokimiyatining iqtisodiy siyosati, uning oqibatlari. Madaniy hayot. Adabiyotlar: «O'zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob T.Sharq 200, 68-83 betlar. Usmonov Q, Sodiqov M «O'zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). T.»Sharq 2010, 27-41 betlar. A'zamxo'jayev.S. Turkiston Muxtoriyati. T.Ma'naviyat. 200, 151-161 betlar. 1-masala: Sovet hokimiyati mutasaddilari qanday qilib bo'lmasin Turkistonda chuqur ildiz otish, mahalliy xalqlarni o'z izmilariga bo'ysundirish, asta-sekin ularning ishonchini qozonib, sovet qurilishi jarayoniga faol jalb qilish sari astoydil kirishdilar. Ular kelgusida mahalliy vatanparvar kuchlarning Turkiston Muxtoriyatiga o'xshagan xalq hokimiyati boshqaruvini yangidan qayta tiklashiga izn bermaslik uchun sovet hokimiyatchiligiga milliy, mahalliy shakl-shamoyil berishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'ydilar. Sovet hokimiyati Turkistonda sovet avtonom Respublikasini tuzish va uni tashkil qilish ishlari bilan shug'ullandi. Turkistonda sovet avtonomiyasini tashkil qilish masalasi 1918-yilning 20-aprelidan 1-mayigacha Toshkentda bo'lib o'tgan o'lka sovetlarining IV-s'ezdida ko'rib chiqildi. Bolsheviklar fraksiyasi taklifi asosida s'ezd qabul qilgan Turkiston sovet Respublikasi to'g'risida qoidalarda RSFSR tarkibiga kiruvchi Turkiston Avtonom Sovet Respulikasi tuzilganligi e'lon qilindi. Turkiston avtonom Respublikasining hududiy chegaralari belgilandi. Uning oliy qonun chiqaruvchi organi sifatida ishchi, askar, dehqon va musulmon-dehqonlar sovetlari s'ezdi, doimiy faoliyat yurituvchi oliy organi qilib esa Markaziy Ijroiya Qo'mita belgilandi. O'lkaning boshqaruvi, uning ijroiya funksiyalari Xalq Komissarlari Kengashi tasarrufiga berildi. Joylarda esa mahalliy sovetlar va ularning ijroiya qo'mitalari hokimiyat organlari sifatida tuzildi. Qonun chiqaruvchi organ - Markaziy Ijroiya Qo'mitaning raisi etib bolshevik P.A.Kobozev saylandi. Uning 36 a'zosidan atigi 9 nafari mahalliy millat kishilari edi. Turkiston hukumati - Xalq Komissarlari Soveti raisi etib bolshevik F.I.Kolesov saylandi. 16 kishidan iborat ushbu hukumat ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.4 KB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.4 KB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: docx