Turkistonning xonliklarga bo'linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari. XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy hayot. Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasi XV asrning 90-yillarida Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil boshqariladigan viloyatlarga aylanib qolgan edi. Kichik bir viloyatda hokimlik qilayotgan temuriy shahzodalarning har biri poytaxt Samarqandni egallash, bobokalonlari o'tirgan taxtga chiqib, butun mamlakatga yagona hukmdor bo'lish orzusida edilar. Bu niyatga yetish uchun ular o'rtasida o'zaro ichki nizo avj olib ketgan bo'lib, mamlakat aholisining ham temuriylardan noroziligi kuchayib borayotgan bir davr edi. Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning 1494-yilda vafot etishi, bu holatni yanada keskinlashtirdi, mamlakatda boshboshdoqlik, ko'p hokimiyatchilik vujudga keldi. Bu vaziyatdan temuriylarning shimoldagi qo'shnisi, Dashti Qipchoqda o'z hokimiyatini mustahkamlab olgan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) foydalanib qolish uchun 1497-yilda Movarounnahrni egallash uchun birinchi marta qurol bilan bostirib kirdi. Bunga 1496-yilda Samarqand taxtiga o'tqazilgan Boysunqur mirzo ibn Sulton Mahmud (1479-1499)ning boshqa temuriy shahzodalardan Samarqandni mudofaa qilishda ittifoqchilikka chaqirib qilgan taklifi ham sabab bo'lgan edi. XI asrdan boshlab Balxash ko'li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo'lgan hududlarda qipchoq va boshqa turkiy qabilalarning hukmronlik qilganliklari sababli bu hudud Dashti Qipchoq deb atalgan. Dashti Qipchoq chegaralari ba'zan Kavkaz tog'lari, Qora va Kaspiy dengizlarigacha yetib borgan. Bu yerda Botuxon 1236-yilda asos solgan Oltin O'rda davlati XIV asr boshlarida ikki qismga ajralib ketgan bo'lib, uning sharqiy qismida ayrim tarixiy manbalarda O'zbeklar mamlakati deb yuritilgan Oq O'rda davlati tashkil topdi. Bu hududda Jo'jixonning beshinchi o'g'li Shaybon urug'idan bo'lgan Abulxayrxon (1412-1468) 1428-yilda mustaqil davlatga asos soldi. Oltin O'rda, Mo'g'uliston va temuriylar davlatlaridagi o'zaro urush va parokandalikdan ustalik ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.2 KB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.2 KB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: doc