Turkiya. Eron. Afg'oniston Reja: Birinchi jahon urushi va Turkiya Tashqi siyosat Eronning ichki va tashqi siyosati Afg'oniston ichki siyosati Turkiya birinchi jahon urushidan mag'lub davlat sifatida chiqdi va katta zarar ko'rdi. 4 yil mobay- nida 500 ming kishi o'ldi, 800 mingdan ortiq kishi mayib-majruh bo1 lib qoldi. Antanta armiyasi 1918-yil noyabr oyidayoq mamlakat poytaxti Istambul shahrini ishg'ol etgan edi. 1919-yilning oxirida Turkiya Buyuk Millat Majlisiga (TBMM) saylov o'tkazildi va unda kamolchilar g'alaba qozonishdi. TBMM mamlakat hududida chet el nazoratiga yo'l qo'ymaslik to'g'risida qaror qildi. Bunga javoban, ingliz harbiy ma'muriyati TBMM ni tarqatib yubordi. TBMM o'z majlisini Mustafo Kamol (Otaturk) qo'shini egallab turgan Anqara shahrida o'tkaza boshladi. TBMM 1920-yilning 23-aprelida Mustafo Kamol Otaturkni davlat boshlig'i etib sayladi. Shu tariqa ikki hokimiyatchilik Istambul shahrida sulton hokimiyati, Anqarada esa kamolchilar hokimiyati vujudga keldi. 1920-yilning 10-avgustida sulton hukumati bilan Antanta davlatlari Sevr shartnomasini imzoladilar. Shartnoma mustaqil Turkiya davlati amalda tugatilganligini anglatar edi. 1921-yilning 20-yanvarida kamolchilar Turkiyaning vaqtinchalik Konstitutsiyasini qabul qildilar. Kamolchilar Turkiya uchun og'ir sharoitda - 1921-yilning 16-martida Sovet Rossiyasi bilan Do'stlik va birodarlik haqida shartnoma tu- zishga muvaffaq bo'ldilar va yordam oldilar. 1921-yilning bahorida Buyuk Britaniya va Gretsiya Turkiyaga qarshi intervensiya uyushtirdilar. Intervensiya turk xalqining qattiq qarshiligiga duch keldi. Va, nihoyat, 1922-yilning 26-avgustida Turkiya armiyasi hujumga o'tdi. Milliy-ozodlik urushi 1922-yil oktabr oyida g'alaba bilan tugadi. 1-noyabrida sultonlik hokimiyati tugatildi. 1923-yilning 29-oktabrida Turkiya Respublika deb e'lon qilindi. Kamol Otaturk birinchi Prezident etib saylandi. Shu tariqa milliy-ozodlik inqilobi (kamolchilar inqilobi ham deyiladi) suveren Turkiya davlatining tashkil etilishi bilan yakunlandi. 1923-yilning 24-iyo'lida Antanta davlatlari Lozanna konferensiyasida ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
98.67 KB
Ko'rishlar soni
227 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
98.67 KB
Ko'rishlar soni
227 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: docx