Urush yillarida O'zbekiston sanoati va qishloq xo'jaligi Yashin tezligida urush olib borish rejasiga ega bo'lgan nemis-fashist qo'shinlari shiddat bilan Sharqqa qarab harakat qilar edi. Front yaqinidagi shahar va qishloqlardan yuz minglab aholi, sanoat korxonalari, o'quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa moddiy boyliklarni mamlakat ichkarisiga-Sharqqa ko'chirish boshlandi. O'rta Osiyo Respublikalariga evakuatsiya qilingan 308 korxonaning 104 tasi (Leningrad to'qimachilik mashinalari zavodi, Qizil-Oqsoy, Rosselmash, Sumsk kompressor va Dnepropetrovsk karborund zavodlari, Moskvadagi Elektrokabel va Pod'yomnik zavodlari, Temir yo'llar xalq komissarligining mashinasozlik zavodi, Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi, Krasno'y put zavodi, Kiyevdagi Transsignal zavodi, Stalingrad kimyo kombinati va boshqalar) O'zbekistonga; ulardan 55 ta korxona Toshkent va Toshkent viloyatiga, 14 ta zavod va fabrika Samarqandga, 22 tasi Farg'ona vodiysiga, ikkitasi Buxoro viloyatiga joylashtirildi. Bu korxonalarni joylashtirish, montaj qilish va g'oyat qisqa muddatlarda ishga tushirish vazifasini tashkiliy jihatdan ta'minlash ishi bilan maxsus komissiya shug'ullandi. Evakuatsiya qilingan zavod va fabrikalarni tiklashda talabalar, o'quvchi, uy bekalari, fan va madaniyat xodimlari, xizmatchilar va kolxozchilar katta kuch g'ayrat bilan tinim bilmay mehnat qildilar va qisqa kunlarda, ya'ni Rosselmash 25 kunda, Qizil Oqsoy zavodi bu yerga yetib kelganidan keyin oradan 29 kun o'tganda ishga tushirilib, mahsulot bera boshladi. 1941 yil dekabrga kelib evakuatsiya qilingan korxonalarning qariyb 50 tasi ishga tushirildi. 1942 yil birinchi yarmida esa barcha keltirilgan sanoat korxonalari mahsulot chiqara boshladi. Elektr energiyasi va yoqilg'i ishlab chiqarish, ko'mir, qora va rangli metall bazalarini tashkil etish,kimyo sanoatini rivojlantirish, qurilish materiallarini ishlab chiqarishni ko'paytirish urush yillaridagi O'zbekiston sanoatining asosiy yo'nalishlari edi. Harbiy ishlab chiqarish quvvatlarini oshirib borish zarurati sanoat qurilishini ko'paytirishni talab qilar edi. ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.53 KB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.53 KB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: doc