Urushdan keyingi yillarda ma'muriy-buyruqbozlik tizimi zo'ravonligining ko'chayishi II Jahon urushidan keyin «mamlakatda rahbarlik qilish usullari normal holatga o'tadi, tinch qurilishga moslashtiriladi, ijtimoiy-siyosiy hayot demokratlashtiriladi» degan orzu-niyatlar ro'yobga chiqmadi. Aksincha, iqtisodiyotda, ijtimoiy -siyosiy va ma'naviy hayotda ma'muriyatchilik kuchaydi. Mamlakatni boshqarish partiya-davlat apparatida rahbarlik lavozimlarini egallagan tor doiradagi xodimlar tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin imzosi bilan matbuotda e'lon qilinadigan farmon va qarorlar orqali amalga oshiriladigan bo'lib qoldi. Hammani, xususan, joylardagi rahbariarni nazorat ostiga olgan totalitartuzum Kremlda o'tirganlarga mamiakatni farmon va qarorlar bilan boshqarish imkoniyatini berardi. RespubJikalarning, jumladan, O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohadagi muammolarni hal qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning g'alabani ta'minlashda rus xalqi asosiy rol o'ynadi, degan mash'um g'oyasi butun mamlakatni ruslashtirish siyosatiga aylandi. Ommaviy axborot vositalari, Kompartiya va komsomol tashkilotlari ruslarni «katta», «ufug' og'amiz» deb baralla targ'ib qila boshladi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq boshlangan qishloq aholisini yerdan mahrum qilish jarayoni urushdan keyin ham davom etdi. 1946- yil sentabrda VKP(b) MQ va SSR hukumatining «kolxozlarda qishloq xo'jalik ustavining buzilishini tugatish choralari to'g'risida» qarori e'lon qilindi. Qishloq xo'jaligiga aloqasi boimagan 1300 tashkilotga yordamchi xo'jalik sifatida berib qo'yilgan 6 ming gektar yerni kolxozlarga qaytarish, kolxozlardagi boshqaruv apparati shtatidan 51 ming kishini qisqartirish kabi ijobiy ishlar bilan birga, jiddiy xatoliklarga, adolatsizliklarga yo'l qo'yildi. Kolxozlar manfa-atlarini himoya qilish bayrog'i ostida Respublika qishloqlarida istiqomat qilayotgan 50 ming kolxozchi oilasi qo'lidagi tomorqa yerlaridan 25 ming gcktari ustavda belgilanganidan «ortiqcha» deb tortib olindi. Koxoz hududida yashagan, ammo unga a'zo bo'lmagan 20 ming xo'jalikning go'yo. «qormnga hilof» ravishda egailagan 2,5 ming gektar yerlari ham tortib olindi. Qishloq aholisini yerdan mahrum ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.03 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.03 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: docx