Urushdan keyingi yillarda O'zbekiston qishloq xo'jaligi, paxta yakkahokimligi Garchi ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari sovetlar mam-lakati foydasiga hal bo'lib, bundan keyin uning xalqlari oldida ijtimoiy taraqqiyotning yangi marralari ochilgandek ko'rinsa-da, biroq tez orada totalitar tuzumning ularga zug'umi, zo'ravonligi, ta'sir-tazyiqi yangidan kuchaya bordi. O'zbekiston iqtisodiyotini bir tomonlama rivojlantirish, uni mamlakatning asosiy paxta bazasiga aylantirish, bu hududda paxta yakkahokimligini kuchaytirish ~ Ittifoq hukmdor-larining bosh maqsadiga aylandi. SSR XKS va VKP (b) MQning 1945- yil 15-iyuldagi O'zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada rivojlantirish choralari to'g'risida gi va SSR XKSning 1946- yil 2-fevraIdagi 3946-1953- yillarda O'zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada yuksaltirish rejasi va tadbirlari to'g'risida qabul qilgan qarorlari ham shu maqsadga qaratilgan edi. Tub aholi manfaatlariga hamohang bo'lmagan, paxta yakkahokimligini kuchaytirishga yo'nalgan bu qarorlar O'z KP MQning 1945- yil sentabrida bo'lgan XII plenumida muhokama etilib, ijro etish uchun qabul qilindi. O'zbekiston xalq xo'jaligini rivojlantirishga mo'ljallangan mab-lag'larning katta qismi paxtachilikka ajratildi va u bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlarga sarflandi. Respublika traktor parki sezilarli ko'paydi, kolxozlarga texnik xizmat ko'rsatuvchi MTS lar soni 245 taga yetdi, ulardagi traktorlar soni 1950- yilda 29,5 mingtani, paxta terish mashinalari soni 3617 tani tashkil etdi. Respublika qishloq xo'jaligining yuk avtomobillar parki 1950- yilda 7934 ta yuk avtomobillari va avtosisternalarni tashkil qildi. 1950-yilga kelib amalga oshirilgan muhim tadbirlardan yana bin, bu mavjud jamoa xo'jaliklarining yiriklashtirilishi bo'ldi. O'zbekiston SSRda 177 ta mayda koixozlar o'rniga 752 ta yirik kolxozlar tashkil etildi. Hukmron sovet mafkurasining zo'rberib yurl odamlari O'rtasida soxta vatanparvarlik, mehnatsevarlik, fidoiylik g'oyalarini yoyishi, doimiy mehnat safarbarligining o'tkazilishi va shu singari zo'rma-zo'raki tadbirlar ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.09 KB
Ko'rishlar soni
281 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.09 KB
Ko'rishlar soni
281 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: docx