Urushdan keyingi yillarda O'zbekistonning iqtisodiy va madaniy hayoti. Iqtisodiy va ma'naviy qaramlikning oqibatlari Urushdan keyingi yillarda O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayoti Urushdan keyingi yillarda O'zbekiston xalq xo'jaligining tinch qurilishga o'tishi murakkab xalqaro vaziyatda kechdi. Urush davrida umumiy dushman fashizmga qarshi kurash antifashist davlatlar va xalqlarni birlashtirgan bo'lsa, urush tugagandan keyin bu ittifoqdagi davlatlar orasida ajralish yuz berdi va ikki o'rtada sovuq urushlar munosabati boshlanib ketdi. Urushdan so'ng fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga katta hissa qo'shgan O'zbekiston xalqlari oldida harbiylashgan xalq xo'jaligini tinch qurilish yo'liga solish, uni urushdan oldingi darajaga yetkazish va rivojlantirish kabi murakkab vazifalar turardi. Urush davridagi harbiy-iqtisodiy hamkorlik tajribasi urushdan keyingi vayron bo'lgan iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirishda ham g'arb davlatlari bilan hamkorlik qilish zarurligini ko'rsatdi. Lekin haddan tashqari mafkuralashgan sovet tizimi Respublikalarni xorijiy mamlakatlardan temir qo'rg'on bilan ajratib, mamlakatni ortiqcha qiyinchiliklar va qurbonga mahkum etdi. Sobiq Ittifoq boshqa mamlakatlardagi tiklanishning ilg'or tajribalaridan, chet el sarmoyalaridan foydalanishni istamadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov II jahon urushida vayron bo'lgan Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya mamlakatlari birinchi navbatda, albatta, o'z kuchiga tayanib, o'z imkoniyatlariga suyanib yuksak taraqqiyot darajasiga ko'tarildi,-deydi. Lekin, ularning bu yutuqlarida chetdan kelgan sarmoyalar ham katta o'rin egallagan. Amerika Qo'shma Shtatlarida qabul qilingan Marshall plani asosida ajratilgan taxminan 50 mlrd. dollar Yevropamamlakatlarining iqtisodini o'nglab, hayot darajasini ko'tarishga, ilg'or texnologiyalarni joriy etishda hal qiluvchi kuch bo'ldi. Sovet davlatining g'oyat mafkuralashgan iqtisodiy siyosati esa yakkalanib qoldi va bu xalqimizning boshiga ortiqcha kulfat olib keldi. O'zbekiston urushdan keyingi yillarda o'z xalqining arzon kuchidan, boy xom-ashyo manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishiga asoslangan, kompartiya chizib bergan ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.07 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.07 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: doc