Xalqaro ahvol, O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi

Xalqaro ahvol, O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi

O'quvchilarga / Tarix
Xalqaro ahvol, O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi - rasmi

Material tavsifi

xalqaro ahvol. O'zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo'shilishi xalqaro vaziyatning o'zgarishi. XXI asr bo'sag'asida jahon tapaqqiyotining mazmuni tubdan o'zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan - SSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tin-chligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning, blokning o'zaro mu-xoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90- yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo'lgan ulkan imperiya - SSR parokanda bo'ldi, sotsialistik sistema haloqatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSRning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O'zbekiston davlati bunyod etildi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. xalqaro vaziyatda tub o'zgarishlar sodir bo'lsa-da, dunyo tinchligiga tahdid soluvchi xavf-xatarlar, ziddiyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo'lmoqda: Turli darajada rivojlangan mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o'sdi. Mamlakatlar o'rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg'or texnologiya, erkin sarmoyalarni to'plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar mavjud. Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o'rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam o'zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo'lgan. Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayir-machilik va diniy ekstremizm tahdid qilmoqda. xalqaro terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o'rtasida «haqiqiy» va «soxta» dindorlik belgilari bo'yicha qarama-qarshilik chiqarishga, mil-latlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar o'rtasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.18 KB
Ko'rishlar soni 403 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.18 KB
Ko'rishlar soni 403 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga