xalqaro Amir Temur jamg'armasining tashkil etilishi hamda Amir Temur va Temuriylar davri tarixi muzeyining ochilishi Mustaqillik davri tom ma'noda hazrati Temurning qayta tug'ilish davri bo'ldi. Sohibqironning «Bizkim, mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim, millatlarning eng qadimgi va eng ulug'i - turkning bosh bo'g'inimiz», degan gaplari xalqimizga milliy o'zligini, buyuk va jahonshumul an'analarga voris ekanligini chuqur anglashga xizmat qiladi. «Amir Temur tuzuklarini o'qisam, - degan edi Prezident I.Karimov-xuddi bugungi zamonning katta-katta muammolariga javob topgandek bo'laman». 1995 yil dekabrda Prezident I.Karimov 1996 yilni Amir Temur yili deb e'lon qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tillarda chop etildi. O'sha davr tarixiy, madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Muqaddas qadamjo - Amir Temur maqbarasi ta'mirlandi. Juda qisqa fursatda, bobokalonimizning dunyoviy sha'ni va shavkatiga mos keladigan Temuriylar davri tarixi muzeyi qurildi. Prezident I.Karimov Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyiga bag'ishlangan 1996 yil 24 oktyabrda Toshkentda o'tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda shunday dedi: «Bizning tariximizda Amir Temurday ulug' siymo ekan, uning qoldirgan merosi, padu o'gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan muammolarni yechishda bizga qo'l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o'rganmasdan, ta'riflamasdan, targ'ibot qilmasdan haqqimiz yo'q. Shuning uchun ham mana shu minbardan turib, butun O'zbekiston xalqiga, qolaversa, butun jahon ahliga qarata «Amir Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g'ururimiz!», - deb aytsam, o'ylaymanki, xato qilmagan bo'laman». Shuni alohida ta'kidlash joizki, Amir Temur tavalludining 660 yilligi jahonning 50 dan ortiq davlatlarida nishonlangani, ulug' bobokalonimiz merosini o'rganishga bag'ishlangan xalqaro ilmiy anjumanda 30 ga yaqin mamlakat olimlari ishtirok etgani buni yana bir bor tasdiklaydi. Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyi 1996 yil ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.16 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
13.16 KB
Ko'rishlar soni
168 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: docx