Xitoy va Hindiston tarixi (birinchi jahon urushi yillarida)

Xitoy va Hindiston tarixi (birinchi jahon urushi yillarida)

O'quvchilarga / Tarix
Xitoy va Hindiston tarixi (birinchi jahon urushi yillarida) - rasmi

Material tavsifi

Xitoy va Hindiston Reja: Osiyo va Afrika davlatlari rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar. Xitoyning urushdan keying ahvoli. Buyuk milliy inqilob. 1927-1937-yillardagi fuqarolar urushi. Birinchi jahon urushidan keyin Hindistonning ahvoli. Birinchi jahon urushigacha Osiyo va Afrika asosan mustamlaka davlatlardan iborat edi. Birinchi jahon urushi yillarida Osiyo va Afrika davlatlarida chuqur o'zgarishlar ro'y berdi. Antanta qurolli kuchlari saflarida mustamlaka davlatlar aholisi ham ishtirok etdi. Mustamlaka xalqlarning ilg'or qatlami urushdan keyin mustaqillik berilishiga umid bilan qaramoqda edi. Biroq Parij tinchlik kon-ferensiyasi bu umidni oqlamadi. Aksincha, konferensiya mustamlakachi-likning eski shaklini yangisi bilan almashtirdi. Mustamlakachilikning bu yangi shakli avvalgi darslarda siz tanishgan Millatlar Ligasining mandat tizimi edi. Shunday bo'lsa-da, Osiyo va Afrika davlatlarida vaziyat asr boshidagiga nisbatan o'zgardi. Bu o'zgarish jahon siyosiy xaritasida Sovet Rossiyasi (keyinchalik SSRning) vujudga kelishi bilan ham bog'liq edi. Mustam-lakachi davlatlar xohlaydilarmi, yo'qmi, endi bu omil bilan hisoblashishga majbur edilar. Ikkinchi tomondan, Rossiyada yuz bergan chuqur ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar milliy-ozodlik harakatlariga katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Mustamlakalarda milliy-ozodlik kuchlari o'sdi. Stixiyali milliy-ozodlik kurashi ongli kurashga aylana bordi. Shunday bo'lsa-da, mustamlakachi davlatlar o'z mustamlakalaridagi mavqelarini deyarli saqlab qola oldi- lar. Buning sababi, birinchidan, mustamlakachilik tizimining yemirilishi uchun zarur xalqaro shart-sharoitlar hali to'la yetilmaganligi bo'lsa, ikkinchidan, mustamlakalarda mustamlakachilarga qarshi kurashuvchi kuchlarning qaror topish jarayoni hali davom etayotganligi edi. Biroq bu milliy-ozodlik kurashi ma'lum vaqtga to'xtab qoldi, degani emas edi. Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida, Xitoy va Hindistonda milliy-ozodlik kurashi shiddat bilan davom etdi. Chunonchi, 1918-1923-yillarda Turkiyada ozodlik kurashi g'alaba bilan yakunlandi. Dunyoviy Turkiya Respublikasi tashkil topdi. Sovet Rossiyasi 1921-yilda Turkiya bilan do'stlik to'g'risida shartnoma imzoladi hamda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 88.21 KB
Ko'rishlar soni 273 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 88.21 KB
Ko'rishlar soni 273 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga