Reja: 1946-1949-yillardagi fuqarolar urushi Yangi kuchlarning hokimiyatga kelishi Xitoy - O'zbekiston munosabatlari Ikkinchi jahon urushi tugashi arafasida Xitoyda amalda 3 ta hokimiyat bor edi. Bular - 1) Xitoy- dagi Yaponiya ma'muriyati; 2) mamlakat shimoli va shimoli-sharqida qaror topgan Xitoy Kommu- nistik partiyasi (XKP) boshchiligidagi hokimiyat; 3) mamlakat janubi- g'arbidagi Chan Kayshi hukumati (Gomindan hukumati). Yaponiya tor-mor etilgach, uning Xitoydagi ma'muriyati ham quladi. 1946-yilning yozida Gomindan armiyasi XKP armiyasi egallab turgan hududga hujum qildi. Shu tariqa fuqarolar urushi boshlandi. Bu urush 1949- yilning kuzigacha davom etdi. Nihoyat, urushda Gomindan armiyasi yengildi. Uning qolgan qismi Chan Kayshi boshchiligida Tayvan orolida (AQSH panohida) joylashib oldi. XKP hokimiyatni to'la egallagach, 1949-yilning 1-oktabrida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tashkil etildi. XKP ma.mlaka.tda. sotsializm qurilishini e'lon qildi. 1950-yil 30-iyundagi qonun asosidagi islohot natijasida katta yer egaligi tugatildi. Dehqonlarga 47 mln ga yer bo'lib berildi. 1950-yilda Tibet bosib olindi. Dalaylama Hindistonga qochdi. 1956-yilgacha qishloq xo'jaligi shirkatlari tuzildi. Bir vaqtning o'zida mamlakatda industrlashtirish ham boshlandi. Bu borada SSR XXRga katta yordam ko'rsatdi. Uning yordami bilan 250 dan ortiq yirik sanoat korxonalari qurildi. XXRda ham xalq xo'jaligi, SSRda bo'lgani kabi, besh yillik rejalar asosida rivojlana boshladi. 1953-1957-yillarda birinchi besh yillik rejani bajarish uchun kurash bordi. Bu reja muvaffaqiyatli bajarildi. Bu muvaffaqiyat XKP rahbariyatini ruhlantirib yubordi. Barcha kommunistik partiyalarga xos bo'lgan xomxayollik XKP rahbariyatini (Mao Szedun boshchiligidagi) ham chetlab o'tmadi. 1958-yilda XKP «Katta sakrash» deb atalgan (1958-1962) yangi bosh yo'lni tasdiqladi. Uning mazmuni iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, katta sakrashni amalga oshirish va kommunistik jamiyat qurishdan iborat edi. «Insoniyatning baxtli kelajagi», deb e'lon ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.57 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.57 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: docx