Xitoy Xalq Respublikasi R eja: 1. Xitoy Xalq Respublikasi. 2. Yangi kuchlarning hokimiyatga kelishi. 3. Tashqi siyosat. Ikkinchi jahon urushi tugashi arafasida Xitoyda amalda 3 ta hokimiyat bor edi. Bular - 1) Xitoydagi yaponiya ma'muriyati; 2) mamlakat shimoli va shimoli - sharqda qaror topgan Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) boshchiligidagi hokimiyat; 3) mamlakat janubi - g'arbidagi Chan Kayshi hukumati (Gomindan hukumati). Yaponiya tor - mor etilgach, uning Xitoydagi ma'muriyati ham quladi. 1946 - yilning yozida Gomindan armiyasi XKP armiyasi egallab turgan hududga hujum qildi. Shu tariqa fuqarolar urushi boshlandi. Bu urush 1949 - yilning kuzigacha davom etdi. Nihoyat, urushda Gomindan armiyasi yengildi. Uning qolgan qismi Chan Kayshi boshchiligida Tayvan orolida (AQSH panohida) joylashib oldi. XKP hokimiyatni to'la egallagach, 1949 - yilning 1 - oktyabrida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tashkil etildi. XKP mamlakatida sotsializm qurilishini e'lon qildi. 1950 - yil 30 - iyundagi qonun asosidagi islohot natijasida katta yer egaligi tugatildi. Dehqonlarga 47 mln. ga yer bo'lib berildi. XXR da ham xalq xo'jaligi, SSR da bo'lganligi kabi, besh yillik rejalar asosida rivojlana boshladi. 1953 - 1957 - yillarda birinchi besh yillik rejani bajarish uchun kurash bordi. 1958 - yilda XKP Katta sakrash deb atalgan (1958 - 1962) yangi bosh yo'lni tasdiqladi. Uning mazmuni iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, katta sakrashni amalga oshirish va kommunistik jamiyat qurishdan iborat edi. Dehqon mehnati qattiq tartibga bo'ysundirildi. Ular ishga saf tortgan holda borardilar. Biroq tez orada Katta sakrash barbod bo'ldi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Hatto, ayrim hududlarda osharchilik ham boshlandi. Sanoat ishlab chiqarish ham pasaydi. ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.17 KB
Ko'rishlar soni
321 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.17 KB
Ko'rishlar soni
321 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: doc