Xiva xonligi Amudaryoning quyi oqimida joylashgan, qadimiy dehqonchilik markazlaridan hisoblanmish Xorazm XIV asr oxirlaridan XVI asr boshlariga qadar temuriylar davlati tarkibida bo'lgan. 1505 yilda Shayboniyxon Xorazmga yurish qilgan paytda u yerda hukmronlik qilayotgan Chin So'fi rasman Husayn Boyqaroga qaram edi. Shuning uchun ham xorazmliklar temuriylardan yordam umid qilib 10 oy shaharni mudofaa qildilar. Xorazmda Shayboniyxon hukmronligi uzoq cho'zilmadi. U 1510 yilda Shoh Ismoil tomonidan o'ldirilgach, Xorazm eroniy safaviylar qo'l ostiga o'tdi. Shoh Ismoil Xorazm shaharlarini boshqarish uchun yuborgan dorug'alarining iqtisodiy, diniy va milliy zulmiga qarshi aholi keng qatlamlarining chiqishlari boshlandi. Abulg'ozixonning Shajarayi turk asarida yozilishicha, Vazir shahrida yashovchi Umar degan keksa olim eroniy qizil boshlilarga qarshi kurashni tashkil qilib, unga o'zi boshchilik qilgan. Xorazmliklar ikki yil deganda eroniylarni o'z yurtlaridan haydab chiqardilar. Mashhur Sayidota avlodlaridan bo'lgan Sayid Xisomiddin tashabbusi bilan Shaybon urug'idan bo'lgan Berka sultonning o'g'li Elbarsxon Vazir shahriga taklif qilindi. Elbarsxon taklifni qabul qilib, Vazirga kelayotganini eshitgan xalq shahardagi eroniylarni qirib tashlashdi. Elbarsning Vazir shahriga kirib kelishi bilan Xorazmda 1512 yilda o'zbek sultonlari hokimiyati o'rnatildi. Elbarsxon (1512-1525) Urganch va Xiva shaharlaridan eroniylarni haydab chiqarib mustaqil xonlikka asos soladi. U bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan xalqlar o'troqlashdilar. 1524-yilda shoh Ismoil vafotidan keyin xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismini, Eron shimolidagi Saraxs hududlarini, Orol va Mang'ishloqni egallashdi. Yangi yerlarni Elbarsxon o'z o'g'illari va ukasi farzandlariga bo'lib bergan ediki, bu mustaqillikka intilgan mayda hokimliklarning paydo bo'lishiga olib keldi. Natijada qo'shnisi yeriga ko'z olaytirgan hokimlar o'rtasidagi, uzluksiz o'zaro nizolar kelib chiqdi va Elbarsxon vafotidan keyin xonlarning tez-tez almashib turishiga olib keldi. XVI asrda Xorazmni ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.57 KB
Ko'rishlar soni
408 marta
Ko'chirishlar soni
61 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.57 KB
Ko'rishlar soni
408 marta
Ko'chirishlar soni
61 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: doc