Xiva xonligi tarixnavisligi

Xiva xonligi tarixnavisligi

O'quvchilarga / Tarix
Xiva xonligi tarixnavisligi - rasmi

Material tavsifi

Xiva xonligi tarixnavisligi. Xiva xonligi Amudaryo quyi oqimidagi, qadimgi Xorazm vohasida XVI asr boshlarida shakllangan feodal davlat bo'lib, XVII asr boshlarida mustaqil davlat sifatida boshqarilgan. 1763 yildan O'zbeklarning qo'ng'irot urug'ining vakillari - inoqlar Xivada hokimiyatni qo'lga olishadi. 1873 yilda Ruslar istilosidan keyin Rossiyaga qaram davlatga aylandi. 1920 yilda bol'sheviklar tomonidan butunlay tugatildi. Xorazm o'zining an'anaviy tarixnavislik maktabiga ega o'lkalardan biridir. Xiva xonligi tarixiga bag'ishlangan asarlarda bu qadimiy an'analar bir qadar saqlanganligini ko'ramiz. Abulg'ozixon asos solgan tarixnavislik maktabining an'analarini keyinchalik Munis, Ogahiy va Muhammad Yusuf Bayoniylar davom ettirdilar. Xorazm adabiy muhitining xarakterli tomoni shundakim, bu vohada yaratilgan barcha tarixiy-badiiy asarlar o'zbek tilida bitilgan. XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxon buyrug'i bilan saroy tarixchisi, shoir Shermuhammad ibn Amir Avazbiy Mirobal-Munis (1778-1829) Xiva xonligi tarixiga bag'ishlangan «Firdavs ul-iqbol» asarini yozdi. O'zbek tilida yozilgan bu asar «Iqbolnoma» nomi bilan ham mashhurdir. Xiva xonligining XVII-XIX asr tarixi haqidagi qimmatli ma'lumotlar beruvchi bu asar keyinchalik Olloqulixon topshirig'i bilan Munisning jiyani Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan davom ettirildi va Xiva xonligining to 1872 yilgacha, ya'ni rus istilochilik uyrishlariga qadar bo'lgan tarixi bayoni bilan to'ldirildi. Ogahiy tomonidan yaratilgan «Zubdat ut-tavorix», «Riyoz ud-davla», «Jomi' ul-vaqeoti sultoniy» kabi tarixiy asarlar ham Xorazm tarixnavislik maktabining nodir namunalaridir. Xiva xonligining tarixiga bag'ishlangan asarlar ichida Muhammad Yusuf ibn Bobojonbek Bayoniy (1859-1923)ning «Shajarai Xorazshohiy» asari katta o'rin tutadi. Bu asarda Xorazm vohasining rus armiyasi tomonidan istilo etilishi haqida qimmatli ma'lumotlar bor. Bayoniy tomonidan «Xorazm tarixi» asari ham yozilgan bo'lib, afsuski, u to'laligicha saqlanib qolmagan. Unda xonlikdagi saroy amaldorlari, mashhur kishilar haqida ma'lumotlar, ayniqsa Xiva xoni Muhammad ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.94 KB
Ko'rishlar soni 330 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.94 KB
Ko'rishlar soni 330 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga