Xiva xonligi va Buxoro amirligining tugatilishi

Xiva xonligi va Buxoro amirligining tugatilishi

O'quvchilarga / Tarix
Xiva xonligi va Buxoro amirligining tugatilishi - rasmi

Material tavsifi

Xiva xonligi va Buxoro amirligining tugatilishi. Oktyabr to'ntarishi va Turkistonda Sovet hokimiyati o'rnatilgandan keyin O'rta Osiyo xonliklarining ichki va tashqi siyosiy ahvoli keskin o'zgarib bolsheviklarga nisbatan adovati, ularning Turkistondagi hukumatni tan olishdan bosh tortishi kuchaydi. Ikkala xonlik jadallik bilan o'z qurolli kuchlarining jangavor salohiyatini oshira boshladi. Zo'rayib borayotgan ochlik, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarning xaddan tashqari ko'tarilishi, harbiy zulm xonliklarning ichki siyosiy hayotida beqarorlikni yuzaga keltirdi. Turkiston bolsheviklari va sho'ro hukumati xonliklarning ichki ishlariga qo'pol suratda aralasha boshladi. Kolesov 2 mart kuni qizil gvardiyachi otryadlar va Yangi Buxoro ishchi drujinalariga Eski Buxoroga bostirib kirish to'g'risida buyruq berdi va amirni sulh tuzishga rozi bo'lishiga majbur etdi. 1918 yil 25 mart kuni Qiziltepada sulh bitimi imzolandi. Bu ishlardan maqsad Buxoro amirini ogoxlantirish va uning sovetlarga qarshi istehkomga aylanib ketishiga yo'l qo'ymaslik edi. 1919 i 9 aprel kuni Xevaga yaqin Taxtada RSFSR bilan Xeva o'rtasida yarash to'g'risida shartnoma imzolandi. 1919 yilning yozidan boshlab Sovet Turkistoni bilan Buxoro va Xeva o'rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi. Amir Sayd Olimxon bilan Junaidxon Sovetlarga qarshi harbiy-siyosiy ittifoq tuzdilar. Junaidxonga raqiblik qilayotgan eng yirik turkman qabilalari boshliqlarining vakillari-Qo'shmamadxon bilan G'ulommalixonlar To'rtko'lda tuzilgan Xeva inqilobiy markazga kommunistlar va yosh buxoroliklar bilan birgalikda kirdilar. Bu markaz xonni ag'darib, hokimiyatni qo'lga olishni o'ziga maqsad qilib qo'ygan edi. Bunday vaziyatlardan foydalangan sho'ro hukumati Xeva xonligini bo'ysundirish uchun harakatlarni boshlab yubordi. Qo'shinlar kirib kelishi natijasida Junaid otryadlari G'azobod va Taxta tomon chekindilar. 1920 yil 20 yanvar kuni Junaidxonning bosh kororgoxi - Taxta Kizil Armiya qo'shinlari tomonidan ishg'ol qilindi. 1 Fevralda esa qo'shinlar Xeva xonligi poytaxti-Xevaga kirdilar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.12 KB
Ko'rishlar soni 460 marta
Ko'chirishlar soni 107 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.12 KB
Ko'rishlar soni 460 marta
Ko'chirishlar soni 107 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga