XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida O'zbekiston xalqlari tarixi tarixshunosligi REJA Sharqshunoslikning rivojlanishi va XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xalqlari tarixini o'rganish. O'rta Osiyo xalqlari tarixini o'rganishda V.V.Bartol'dning o'rni. XX asrning boshlarida Turkistonda tarix fani. Xiva xonligi va Buxoro amirligida tarixshunoslikning ahvoli. 1. Sharqshunoslikning rivojlanishi va XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xalqlari tarixini o'rganish. XIX asr boshiga kelib Movarounnahrda uchta mustaqil davlat faoliyat ko'rsatar edi. Aynan mana shu davrdan Rossiya iqtisodiy va harbiy qudratga erishishi munosabati bilan uning Qo'qon, Xiva Xonliklari va Buxoro amirligiga bo'lgan munosabatida istilochilik ruhi ustin kelib, XIX asrning ikkinchi yarmidan o'lkani zabt etishga kirishdi. Rossiya o'zining jug'rofiy joylashuviga ko'ra uzoq davrlardan beri Sharqning ta'siriga, boshqa G'arb mamlakatlariga nisbatan, ko'proq berilgan mamalakatdir. Rossiya sharq bilan qadim davrlardan buyon aloqador bo'lib kelmoqda. Lekin, sharqshunoslikning Rossiyada rivojlanishiga G'arbning sezilarli ta'sirini ham hech inkor etib bo'lmaydi. Xususan, G'arbiy Yevropaning hukmron doiralari Buuyk geografik kashfiyotlardan so'ng va kapitalistik taraqqiyot yo'liga o'tish davridan boshlab Yangi dunyoni, Afrika xalqlari va Osiyoning dengiz bo'yi mamlakatlarini istilo qilish va mustamlakaga aylantirish harakatlari bilan band edilar. O'rta Osiyo bu davrda G'arbning ushbu siyosiy va harbiy harakatlaridan chetroqda edi. XIX asrda uncha ko'p bo'lmagan g'arbiy Yevropaliklar yoxud ular yollagan sayyohlar O'rta Osiyoga tashrif buuyrdilar va o'lkaga oid yangi ma'lumotlar to'plashdi. G'arbiy evropaliklarning O'rta Osiyoda bo'lishlariga oid ma'lumotlar unchalik ko'p bo'lmasada, lekin diqqatga sazovordir. Aytish mumkinki, mintaqamizga tashrif buuyrgan g'arbiy Yevropaliklarning ko'plari maxsus topshiriq yoki shunchaki qiziqish tariqasida biror obyektni o'rganish maqsadida kelgan kishilardan iborat edi. Aytish mumkinki, XIX asrda O'rta Osiyoga kelgan yoki ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.63 KB
Ko'rishlar soni
307 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.63 KB
Ko'rishlar soni
307 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: docx