XVII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Fransiya Reja: 1. XVII asr oxiri XIX asr birinchi yarmida Fransiyaning siyosiy- iqtisodiy ahvoli. Konsullik va imperiya davrida Fransiyaning ichki va tashqi siyosati. Napoleon imperiyasining yemirilishi va burbonlar sulolasining qayta tiklanishi. Fransiyada ijtimoiy fikr rivoji: Sen-Simon va Sharl' Fur'e. Buyuk fransuz inqilobidan so'ng mamlakatda juda katta siyosiy, ijtimoiy o'zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1795 yilning kuzida termidorchilar Konventi antidemokratik Konstitutsiya bo'lgan Uch yil Konstitutsiyasini tuzib chiqdi. Bu Konstitutsiya saylovchilar uchun mulkiy senz, o'rtoqlik senzi va bir qancha cheklashlar joriy qildi. Bu Konstitutsiya qonun chiqaruvchi ikki palata: Oqsoqollar kengashi va Besh yuzlar kengashini tuzish uchun asos bo'ldi. Butun ijroiya hokimiyati besh kishidan iborat Drektoriya qo'liga o'tdi. Uch yil Konstitutsiyasi xalq ommasi quyi tabaqalarini qonun chiqarish va mamlakatni idora qilish ishlaridan tamomila chetlashtirdi Burbonlar monarxiyasini qayta tiklash tarafdorlari Parijdagi xalq qo'zg'alonlarining bostirilishidan ruhlanib ochiqdan-ochiq bosh ko'tardilar. 1795 yilning 5-oktyabrida monarxiyachilarning otryadlari Konvent binosini talamoqchi bo'ldilar. Ammo burbonlar monarxiyasini tiklashni faqat xalq ommasigina emas, balki inqilob natijasida hukmron bo'lib olgan yirik burjuaziya ham istamadi. Natijada termidorchilar hukumati general Napoleon Bonapart qo'shinlarini isyonchilarga qarshi yubordi. Artileriya yordamida isyon bostirildi. 1796 yilning martida ko'tarilgan Vandeldagi monarxiyachilar harakati ham vaqtincha bostirildi. Fransuz Respublikasining urush va diplomatiya sohasidagi yutuqlari Fransiyada yirik burjua hukmronligini mustahkamlashga yordam berdi. Fransuz qo'shinlarining 1792-1795 yillardagi g'alabalaridan foydalanib, Fransiya Respublikasi hukumati 1795-yil 5-aprelda Bazelda Prussiya bilan separat sulh shartnomasini imzolashga erishdi. Prussiya esa Avstriya bilan ittifoqni buzdi va Fransiya istilo qilgan yerlarni jumladan, Belgiya hamda Reyn daryosining so'l qirg'og'idagi nemis yerlarining Fransiyaga qo'shib olinishini tan oldi. 1795-yilning ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
71.02 KB
Ko'rishlar soni
275 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
71.02 KB
Ko'rishlar soni
275 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: docx