XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xalqlari tarixshunosligi

XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xalqlari tarixshunosligi

O'quvchilarga / Tarix
XVI-XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xalqlari tarixshunosligi - rasmi

Material tavsifi

XVI-XIX asrning birinchi yarmida o'rta osiyo xalqlari tarixshunosligi REJA O'rta Osiyo xalqlarining XVI-XVII asrlarda siyosiy-iqtisodiy hayoti tarixshunosligi. Abulg'ozi Bahodirxon va uning «Shajarai turk» asari. Hofiz Tanish Buxoriyning «Sharafnomai shohiy» asari. Buxoro xonligi tarixnavisligi. Qo'qon xonligi tarixnavisligi. Xiva xonligi tarixnavisligi. 1. O'rta Osiyo xalqlarining XVI-XVII asrlarda siyosiy-iqtisodiy hayoti tarixshunosligi. XV asrning 80-90 yillarida kuchayib ketgan tarqoqlik, xususan Toshkent, Farg'ona va Hisorning markaziy hukumatga itoat qilmay qo'yishi, yosh Temuriylarning toji taxt uchun kurashlari davlatning inqirozini tezlashtirdi. Muhammad Shayboniyxon (1500-1510) - Shayboniylar davlatiga (1500-1601) asos soldi. Lekin, Shayboniylar ham ma'lum darajada iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohada taraqqiyotga erishgan bo'lsalar-da, baribir ular ham mahalliy yirik yer-suv egalarining ayrimachilik harakatlariga barham bera olmadilar. Abdullaxon soniy 1557 yili Buxoroni egalladi va uzoq davom etgan urushlardan (1557-1582) so'ng Movarounnahrni birlashtirdi. U davlatni markazlashtirdi, lekin uning vafotidan (1598 yil 8 fevral) keyin ayirmachilik harakati avj oldi. Mana shunday bir sharoitda Movarounnahrlik yirik yer-suv egalari ruhoniylar va zodagonlar bilan til biriktirib, Jo'jixonning o'n uchinchi o'g'li To'qay Temur naslidan bo'lgan Yormuhammadxonni taxtga o'tqizdilar. Yangi sulola tarixda Ashtarxoniylar (1601-1785) nomi bilan mashhur (Asli Xoji tarxon (Astraxon)lik bo'lganlari uchun sulola shunday atalgan). Bu davrda mamlakatda tarqoqlik yanada kuchaydi. Dashti qipchoqliklar, asosan qozoq xonlari va qalmoqlar, Xorazm hukmdorlari Abulg'ozixon va Anushaxon Movarounnahrga tez-tez bostirib kirib, uning Chorjo'y, Buxoro va Samarqand shaharlari va qishloqlarini talon-taroj qila boshladilar. Eron va Shimoliy Hindiston hukmdorlari Boburiylarning Buxoro xonligi ichki ishlariga aralashuvi kuchaydi. Mamlakatdagi beqarorlik Ubaydullaxon soniy (1702-1711) hukmronligi yillarida juda kuchaydi. Ulus hukmdorlari, Balxdagi Mahmudbiy qatag'on markaziy hukumatga bo'ysunmay qo'ydilar. Samarqand va Hisor viloyatlarida yuz qabilasi, Shahrisabz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.67 KB
Ko'rishlar soni 512 marta
Ko'chirishlar soni 66 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.67 KB
Ko'rishlar soni 512 marta
Ko'chirishlar soni 66 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga