XX asrda fan va madaniyatning rivojlanishi. Fan va texnika doimo traqqiy etib keldi. Biroq bu taraqqiyot XX asrdan boshlab misli ko'rilmagan darajada o'sib ketdi. Shu tufayli adabiyotlarda ilmiy - texnika inqilobi (ITI) iborasi ishlatila boshlandi. Ilmiy - texnika inqilobi - bu XX asrda fan va texnikada ro'y bergan olamshumul kashfiyotlar tufayli fanning bevosita jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanganligi. ITI ishlab chiqaruvchi kuchlarning hamma komponentlarini (energiya, lazerlar, robotlar, texnika, mehnat materiallari, texnologiya) va, hatto, odamning o'zini ham o'zgartirib yubordi. Ishlab chiqarish kompleks avtomatlashtirildi. 1946 - yilda amerikalik olimlar J. Mashli va J. Ekkert birinchi kompyuterni yaratdilar. Tez orada kompyuter tizimlari bilan boshqariladigan texnologiya joriy etildi. Bu, aslida, odamsiz boshqariladigan texnologiya edi. Biroq ITI qanchalik qudratli bo'lmasin, u inson omilini ishlab chiqarish jarayonidan siqib chiqara olmadi. Bu esa insonning o'z bilimi, malakasini zamon talabi darajasida o'stirib borishini zaruratga aylantirib qo'ydi. Binobarin, insonning intellectual qobiliyati, ongi, dunyoqarashi jadal o'zgarib bormoqda. ITI, o'z navbatida, ishlab chiqarishga mutlaqo yangi texnologiyaning joriy etilishiga olib keldi. ITI, ayni paytda, axborot industriyasining yaratilishiga ham olib keldi. Bu esa, o'z navbatida, fan - texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirishning qudratli omiliga aylandi. ITI kompyuterlarining mutlaqo yangi avlodlari yaratilganligi bilan ham ajralib turadi. Bugungi kompyuter ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalarini qamrab oldi. Ishlab chiqarishdagi inqilobiy o'zgarishlar, o'z navbatida, aholi ijtimoiy qatlamida ham tub o'zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Chunonchi, aholining ko'pchilik qismimoddiy ishlab chiqarish sohasida emas, balki xizmat ko'rsatish sohasida mehnat qilishga o'tdi. Mehnat unumdorligi tobora oshib bormoqda. Bu esa ish vaqtini qisqartishishga, tatillar muddatini uzatytirishga, aholi mehnat daromadining o'sishiga olib kelmoqda. ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.82 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.82 KB
Ko'rishlar soni
178 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: doc