Yaponiya Reja: 1. Yaponiya ichki siyosati 2. Sholi isyoni 3. Yaponiyaning tashqi siyosati. Yaponiya birinchi jahon urushida Antanta tarafida qatnashdi. Binobarin, u g'oliblar safida bo'ldi. Antanta Yaponiyani quruq qo'ymadi. Unga Shandun yarim oroli, Tinch okeandagi Germaniyaga qarashli Marian, Karolina, Marshall orollari mandati taqdim etildi. Bu orollar muhim strategik ahamiyatga ega edi. Ular Yaponiyaga Tinch okean akvatoriyasi markaziga chiqish va AQSH ning asosiy harbiy-dengiz bazasi bo'lmish Gavay orolla-riga yaqinlashish imkonini berdi. Ayni paytda Yaponiya Xitoyda o'z mavqeyini mustahkamladi. Uzoq Sharq va Tinch okean havzasi davlatlari bozorini shitob bilan egallay boshladi. Bu esa, o'z navbatida, yapon mono-poliyalari (Mitsui, Mitsubisi, Yasuda, Sumitomo)ning daromadlarini yanada ko'paytirdi. Urush yillari yapon magnatlari uchun «Oltin davr» bo'ldi. To'qi-machilik 4,5, metallurgiya 6, mashinasozlik 5,5 baravar o'sdi. Biroq mam-lakatda mehnatkashlarning turmush darajasi pasaydi. Bu hodisa 1918-yil-ning 3-avgustida Toyama prefekturasida yuz bergan «sholi isyoni»da o'z ifodasini topdi. Bu isyon chayqovchilar tomonidan sholining nar- xini oshirib yuborish natijasida kelib chiqdi. 10-avgustda isyon Kiotoga ham tarqaldi. Och qolgan isyonchilar do'konlarni bosib ola boshladilar. Qisqa mudclat ichida «sholi isyoni» butun Yaponiyaning uchdan ikki qismiga tarqaldi. Biroq hukumat isyonni qattiqqo'llik bilan bostirdi. Minglab kishilar hibsga olindi, ko'plari surgun qilindi va umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Yaponiya mustamlakachi imperiyasi asoslarini larzaga keltirgan bu isyon mustamlakalarda milliy-ozodlik kurashining yangi to'lqini ko'tarilishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Yaponiyaning o'zida urushga qarshi kurash kayfiyati kuchaydi. Buning ustiga, Uzoq Sharqda Qizil Armiya yapon bosqinchilariga qAQSHatqich zarba bera boshladi. Shunday bir sharoitda, 1920-1922-yillardagi iqtisodiy inqiroz Yaponiya iqtisodiyotiga katta zarba berdi. Buning sababi iqtisodiyotning tashqi bozorlarga qaramligi edi. Inqiroz mamlakat ichkarisida mehnat va ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.07 KB
Ko'rishlar soni
327 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.07 KB
Ko'rishlar soni
327 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: docx