Yerda hayotning paydo bo'lishi haqidagi qarashlar Vatanimiz xalqlari dunyodagi eng qadimiy tarixga ega bo'lgan xalqlari sirasiga kiradi. Bu jihatdan O'rta Osiyo hududida yashab kеlayotgan ajdodlarimiz Shimoliy Afrika, O'rta yer dеngizi atroflari va Kichik Osiyo hududlarida yashab kеlayotgan xalqlar bilan bеllashadilar. Kishilik jamiyatining paydo bo'lishi, uning rivojlanishi va taraqqiyoti to'grisida fanda har xil yondoshuvlar va qarashlar mavjud. Biz ularni shartli suratda ikkiga bo'lib o'rganamiz: birinchisi Diniy qarash va ikkinchisi Dunyoviy qarashdir. Biz yashab to'rgan moddiy dunyo azaldan bo'lganmi yoki u biror kimsa tomonidan yaratilganmi Yerda hayot qachon paydo bo'lgan va u kim tomonidan yaratilgan kabi masalalarda diniy va dunyoviy adabiyot bir-birini inkor etuvchi xulosalar bilan yondoshadi. Yakka- xudolik g'oyasini ilgari surgan dunyodagi barcha dinlar biz yashab turgan hayotdagi barcha borliqni, odamzodning o'zini ham xudoyi taolo tomonidan yaratilganligini bashorat qiladi. Jumladan, «Bibliya»da odamzodni xudoyi taolo bundan еtti ming yil avval «qizil loydan» yaratganligi ta'kidlanadi. Bu g'oya Qur'oni Karimda ham o'z aksini topgan. Islom dini g'oyasi rivoyatlariga qaraganda «Xudoyi taolo qudrat quli bilan tuproqni hamir qilib Odamning shaklini yasab», unga «qirq kun bo'lganda jon berdi». Momo Havoni esa Odam Atoning «chap biqinidan» yaratdi. Kishilik jamiyati Odam Ato birlan Momo Havodan tarqalgan emish. Odam alayxissalom bir mingu qirq yosh umr ko'ribdilar. Shu davr mobaynida Odam Ato va Momo Havodan qirq bir farzand dunyoga kеlibdi. Mirzo Ulug'bеkning yozishicha: «Yigirma bitta qorindan yigirma bir nafar o'g'il va yigirma nafar qiz hamda ming nafar nabira ko'rgani aniqlangan» . Abulg'oziy Bahodirxon «Shajarai turk» asarida «Odam Ato o'z o'g'lonlarindin qirq ming kishini ko'rib o'ldi» dеb yozadi. Odamzodning birinchi vakillari ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.16 KB
Ko'rishlar soni
325 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.16 KB
Ko'rishlar soni
325 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: docx