Yunon-Baqtriya podsholigi va Parfiya davlati R E J A: 1.Parfiya davlati. 2.Yunon-Baqtriya podsholigi. Mil. avv. II asrning 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida salavkiy hukmdorlari o'rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada salavkiylar davlatining Sharqiy satraplari siyosiy hayotida o'zgarishlar sodir bo'ldi. Mil. avv. 250 yilga kelib dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o'zlarini mustaqil deb e'lon qildilar. Parfiya haqidagi dastlabki ma'lumotlar mil. avv. VII asrga oid Ossuriya hujjatlarida uchraydi. Mil. avv. VI asrning boshlarida Parfiya kuchli Midiya hukmronligi ostiga tushib qoladi. Parfiya qo'shni Baqtriya, Marg'iyona va So'g'diyona kabi serhosil erlarga ega emas edi. Tadqiqotchilarning Qoraqum-Parfiya davlatining beshigidir degan fikrlari bejiz emas. Biroq mamlakat harbiy-strategik ahamiyatga ega bo'lgan muhim hududda joylashgan edi. Midiyaliklarga u skiflar hujumidan saqlanishi uchun zarur bo'lsa, Kir uchun boy Xorazm vohalariga chiqish yo'lidagi darvoza vazifasini o'tar edi. Makedoniyalik Iskandarning Parfiyani istilo qilishiga sabab Shimoldagi ko'chmanchi qabilalarni itoatda tutish bo'lsa, salavkiylar uchun Parfiyani qo'lda saqlash Shimoliy chegaralarning xavfsizligini ta'minlash demak edi. Mil. avv. 247 yilda Parfiyada Arshak boshchiligidagi parnlar qabilasi Niso shahriga hujum qilib uni egallaydi. Shu yili parnlar Arshakni o'zlariga podsho qilib saylaydilar. Tarixiy manbalarning ma'lumot berishicha Arshak uzoq muddat podsholik qilgan va katta mavqega ega bo'lgan. Sulola (Arshakiylar) asoschisi o'zining tashkilotchiligi, jasurligi va mohir diplomatligi sababli qisqa muddat ichida mustaqil davlat tuzishga erishgan. Mil. avv. 235 yildan boshlab Parfiya podsholari o'z davlatlari hududlarini kengaytirib bordilar. Paydo bo'lganligining dastlabki o'n yilligida Parfiya podsholigi Parfiyona va Arshak I qo'shib olgan Girkaniyadan iborat edi. Bu paytda Parfiya xalqaro siyosat maydonida unchalik katta ahamiyatga ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.44 KB
Ko'rishlar soni
466 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.44 KB
Ko'rishlar soni
466 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:03 ]
Arxiv ichida: doc