Zardushtiylikning vujudga kelishi. «Avesto» - Vatanimiz tarixini o'rganishda muhim manba. Akademik Ya. G'ulomovning 1959 yilda nashr etilgan «Xorazmning sug'orilish tarixi» asaridan ayonki, bu hududda qadim davrlardayok murakkab sug'orish tizimlari va shoxobchalari (kanallar, to'g'onlar, chig'irlar) bo'lgan, ular aniq hisob-kitob asosida barpo etilgan. Demak sug'orma dehqonchilikning muhim asoslari o'sha paytlardayok mavjud bo'lgan. Muallif aniq dalillarga tayangan holda bu o'lka inson sivilizatsiyasining dastlabki o'choqlaridan biridir, degan asosli xulosaga kelgan edi. Darhaqiqat vaqtlar o'tishi bilan odamlarning hayotiy kuzatuvchanlik qobiliyatlari asta-sekin yuksalib bordi. Natijada esa hayotga, mehnat jarayonlariga munosabatlar o'zgarib, ijobiy tomonga yuksalib bordi. Bu holatlar o'z natijasini bera boshladi va ular sekin-asta hunarmandchilikni, dehqonchilik va chorvachilikni kashf etdilar. Bu, albatta xo'jalikning ilg'or unumdor shakli edi. Shu boisdan tarixchi olimlar bu jarayonni sivilizatsiya tomon qo'yilgan muhim odim, deb hisoblaydilar. Dehqonchilik va chorvachilikning Markaziy Osiyoda bundan 7-6 ming yil avval ilk asoslari paydo bo'lgan. «Zamonbobo va Capazm» madaniyati dalolat beradiki, Zarafshon vohasi yurtimizdagi qadimiy dehqonchilik mintaqalaridan biri hisoblangan. U eneolit davriga to'g'ri keladi. Qadimgi dehqonchilik O'zbekiston janubi hamda Xorazm vohasida mavjud bo'lgan. Shu davrda odamlar o'troq yashashga o'ta boshladilar, natijada sug'orma dehqonchilik vujudga kela boshlagan. Chust madaniyatining tahlili shuni ko'rsatadiki, Farg'ona vodiysida ham o'troq dehqonchilik mavjud bo'lgan va ko'plab katta kichik qishloqlar yaratilgan. Toshkent vohasida, Xususan Ohangaron atrofida ham qadimdan dehqonchilik bilan shug'ullanib kelganlar. Yangi tosh davrida ajdodlarimiz loydan idish yasab, ularni olovda pishirish, ip yigirish, kanop va zig'irdan mato to'qish, yog'och va qamishdan qayiq yasashni o'rgandilar. O'lkamizda bundan 6 ming yil muqaddam kulolchilik rivojlana boshladi. Paxsa binokorligi paydo bo'lganiga 5 ming yildan oshdi. Eneolit davrida ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.03 KB
Ko'rishlar soni
318 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.03 KB
Ko'rishlar soni
318 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:03 ]
Arxiv ichida: docx