Ishlab chiqarishda shovqin va titrash. Reja. 13.1. Shovqin va titrash haqida umumiy ma'lumotlar. 13.2. Shovqin va titrashga qarshi kurash usullari. 13.3. Shovqindan himoyalanish usullari va vositalari. 13.4. Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari. Tayanch iboralar Shovqin, titrash, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, yong'in, dermotologik vositalar, portlashlar, himoya vositalari, dezinfeksiyalash, dezaktivatsiyalash. 13.1. Shovqin va titrash haqida umumiy ma'lumotlar. Shovqin va titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir. me'yordan yuqori, uzoq ta'sir etgan shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini zararlantirib, og'ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir. Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga xalaqit beradigan tovushlarga shovqin deb ataladi. Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqin va titrashlar insonning sog'ligiga salbiy ta'sir ko'rsatib, natijada insonni tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini buzadi. Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 200 Gts.gacha bo'lgan to'lqinlarini eshitadi. 15 Gts. dan past chastotadagi shovqin infratovush, 200 Gts. dan yuqorisi esa ultratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta'sir ko'rsatadi. Tovush intensivligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: J = P2ρ · C bu yerda: J - tovush intensivligi, vtm2; P - tovush bosimining miqdori, Pa; ρ - muhit zichligi kgm3; C - tovush tezligi, ms. Tovush to'lqinlarining 200 S haroratli muhitidagi tarqalish tezligi 343 ms, po'latda 500 ms, betonda 400 ms. ga teng. Mashina va uskunalarda, kommunikatsiya va qurilmalarda mexanizatsiya-larning harakatdagi qismlarining nosozligi sababli, suyuqlik va gazlar quvurlar orqali bosim ostida uzatilganda paydo buladigan qisqa to'lqinli tebranishlar titrash deb ataladi. Titrash quyidagi ko'rinishda ifodalanadi: -titrash chastotasi f (Gts); -titrash amplitudasi A (mm); -titrash tezligi V (mms); -titrash tezlanishi w (mms2). Titrash uskuna, jihoz va kommunikatsiyalarning mexanik mustahkam-ligini va germetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir. Titrash ta'sirida inson tanasidagi a'zolarning funksional holatlarini ishdan chiqishi, markaziy asab, yurak va qon aylanish tizimida hamda harakatlanish a'zolarida salbiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Uning za-rarli ta'siri charchash, boshning, panja va suyak bug'inlarining og'rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo'ladi va ayrim hollarda tebranish kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Uning og'ir shakllari, mehnat qobiliyatining qisman yoki butunlay yo'qolishiga olib keladi. Shovqin va titrashning ish joylarida ruxsat etilgan darajalari SanPiN N0067-96 berilgan. 1-rasm. Shovqinni o'lchash asboblari: a- shovqin va tebranishni o'lchash asbobi IShV-1. 1-Detsibel-1 ulagichi: 2-mikrofonni ulash joyi; 3- davriylik filtrlarini ulagichi; 4-5-boshqaruv vintlari; 6-Mikrofon-datchiq ulagichi; 7- Kalibr teshigi; 8- darak beruvchi lampa; 9- sezgir millik o'lchov asbobi; 10- yerga ulanish joyi;11- chiqish teshigi; 12- ish turini ulagichi; 13- ...

Joylangan
22 Nov 2022 | 13:47:10
Bo'lim
Hayot xavfsizligi
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
130.05 KB
Ko'rishlar soni
414 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:42
O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
22 Nov 2022 [ 13:47 ]
Bo'lim
Hayot xavfsizligi
Fayl formati
docx
Fayl hajmi
130.05 KB
Ko'rishlar soni
414 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:42 ]
O'zgarish: docx fayl yangilangan