Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari

Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Hayot xavfsizligi
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari. Reja: 3.1. Mehnat muhofazasi. 3.2. Atrof muhitni muhofazalash. 3.3. O'zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar. 3.4.Hayot faoliyat xavfsizligi qonunchiligiga rioya qilish bo'yicha texnik xodimlarning javobgarligi. 3.5. Hayot faoliyat xavfsizligini ta'minlashni moliyalashtirish. Adabiyotlar 1. O'zbekiston Respublikasini Mehnat kodeksi Toshkent, 1996 y. 2. G'.Ye.Yormatov. Hayot faoliyati xavfsizligi (ma'ruza matnlari to'plami), Toshkent-2003 Tayanch so'zlar: mehnat muhofazasi, atrof muhit muhofazasi, sektor, moliyalashtirish, tabiiy resurslar, yo'riqnoma. 3.1. Mehnat muhofazasi Mehnat muhofazasi - huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy texnologik va sanitariya me'yorlari sistemasi bo'lib, mehnatkashlarni ishlash sharoiti va hayot xavfsizligini ta'minlaydi. Mehnat muhofazasi hayot faoliyat xavfsizligi fanining mutaxassislikka tegishli asosiy qismini o'rganadi. Aniq muammolar, transport vositalari, texnologik jarayonlar, ish turlari, bino va inshootlar uchun xavfsizlikni ta'minlash har bir fanning mutaxassislik kursida beriladi. Mehnat muhofazasining rivojlanishida ulug' bobokolonlarimiz - Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur va rus olimlaridan M.V.Lomonosov, zamondoshlarimizdan N.D.Zolotnitsskiy, N.V.Solovyov, D.A.Kelbert, V.L.Gintillo, M.I.Grimitlin, M.N.Nabiev, T.I.Iskandarov va boshqalarning hissalari kattadir. 1992 yilning 8-dekabrida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida ulkan siyosiy voqea bo'ldi. Hech bir davlat o'zining Asosiy qonunida davlat va jamiyat qurilishining tamoyillarini, fuqaroning huquq va erkinliklarini, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy asoslari hamda strategik yo'nalishlarini mustahkamlamasdan turib, demokratik, huquqiy suveren davlat bo'la olmaydi. Respublikamiz konstitutsiyasi demokratik, xalqaro miqyosda etibor berilgan me'yor va talablarga javob beradi deyishga to'la asosimiz bor. Ish joylaridagi sharoit mehnat muhofazasiga taalluqli xalqaro standartlar talablariga javob bergan holda mehnat xavfsiz va samarali bo'lishi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o'tish va ijtimoiy barqarorlikni etarli emasligi ishchilarni ishlash bo'yicha huquqlariga, ularning mehnatini muhofazalash, talab darajasidagi ish sharoitlarini yaratishga oid muammolarni ko'payishiga sabab bo'ldi. Barcha hamdo'stlik mamlakatlaridagi kabi O'zbekistonda ham so'ngi yillarda deyarli ko'pchilik xalq xo'jaligi sohalarida mehnat sharoiti yomonlashuvi tendensiyasi kuzatildi. Ishlab chiqarishda yangi tashkil etilayotgan xususiy sektorlarning unumini ortishi bu sohadagi ko'rsatkichlarni yanada pasayishiga sabab bo'ldi. Bunday ishlab chiqarishda band bo'lgan ishchilar mehnatini muhofazalash, ularga talab darajasida mehnat sharoitini yaratish haqida ushbu soha masullari turli sabablarga ko'ra etarlicha etibor qarata olmayapti deb bo'lmaydi. Ularning ayrimlari bu sohada etarli bilim va tajribaga ega bo'lmasa, ayrimlari bu haqda umuman tushunchaga ega emas desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, bunday ishlab chiqarish subyektlarini chiqarish rahbarlar, ish yurituvchilar, ish boshilarining ichida o'rta ma'lumotli, o'rta maxsus ma'lumotli rahbarlar ham etarli. Bazan mutaxassisliklari ishlab chiqarish yo'nalishiga to'g'ri kelmaydigan xodimlar ham ular ichida uchrab turadi. Yuqorida aytilgan kamchiliklardan tashqari mutasaddi tashkilotlar tomonidan bunday ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatlari etarlicha, samarali nazorat qilinayapti deyish qiyin. Ishchilarni ishlab chiqarishda hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha asosiy me'yoriy qonunchilik aktlarining qabul qilinishi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 28.58 KB
Ko'rishlar soni 463 marta
Ko'chirishlar soni 57 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:42 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 28.58 KB
Ko'rishlar soni 463 marta
Ko'chirishlar soni 57 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga