Ishlab chiqarish changi va uning inson ordanizimiga ta'siri

Ishlab chiqarish changi va uning inson ordanizimiga ta'siri

O'quvchilarga / Hayot xavfsizligi
Ishlab chiqarish changi va uning inson ordanizimiga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Ishlab chiqarish changi va uning inson organizmiga ta'siri. Reja. 9.1.Changlar, aerozollar va ularning turlari. 9.2. Ishlab chiqarish changi va uning inson organizmiga ta'siri 9.3. Nafas olish organlarining individual himoya vositalari Tayanch iboralar Changlar, aerozol, tabiiy chang, sun'iy chang, organik va anorganik chang, zaharli changlar, portlovchi changlar, yonuvchi changlar, mikroskopik changlar, REChK, resperator, filtr. 9.1.Changlar, aerozollar va ularning turlari Havo yoki gaz tarkibidagi qattiq zarrachalarga, chang deyiladi. Chang zarrachalarining o'lchami 5-10 mkm atrofida bo'lishi mumkin. Ularning kelib chiqish sabablariga ko'ra 2 guruhga bo'lish mumkin. 1. Tabiiy changlar, yani inson ta'sirisiz hosil bo'ladigan changlar. Bu guruhga yer ustki qatlamining bir joydan ikkinchi joyga ko'chishi natijasida o'simlik va hayvonot olamida paydo bo'ladigan changlar, vulqonlar otilishi natijasida paydo bo'ladigan changlar, koinot changlari va boshќagi tabiiy changlar kiradi. 2. sun'iy changlar, yani sanoat korxonalarida va qurilishda insonning bevosita ta'siri natilasida hosil bo'ladigan changlar. Bu guruhga qurilish sanoatida, yer qazish, beton qorish ishlarida sement, ohak ishlab chiqarish, yengil sanoati va kimyo sanoatida paxtaga ishlov berish paytida ajralib chiqadigan changlar kiradi. Bu changlarni havoga tarqalib ketishi atrof muhitni ifloslanishiga va turli kasalliklarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Kimyoviy va mineralogik tarkibiga qarab changlar quyidagi 5 asosiy guruhlarga bo'linadi. 1.Organik changlar. Bu guruhga yog'och, ko'mir, torf, o'simliklar va hayvonot changlari (masalan, paxta, pilla, qog'oz va boshqa xom-ashyolarga ishlov berish paytida hosil bo'ladigan changlar) kiradi. 2.Anorganik changlar. Kvarts, sopol, marmar, tsement, ohak, tuproq, madanlar va boshqa materiallarga ishlov berish paytida hosil bo'ladigan changlar ushbu guruhga kiradi. 3. Zaharli changlar. 4. Portlovchi changlar 5. Yonuvchi changlar Zarrachalarning o'lchamiga qarab, changlar 3 guruhga bo'linadi. 1. Ko'zga ko'rinuvchi changlar. Bunday chang zarrachalarning o'lchami 10 mkm dan katta bo'lib, ular o'z og'irligi bilan bemalol cho'ka oladi. 2. Mikroskopik changlar. Ularning o'lchami 0,25 - 10,0 mkm atrofida bo'lib, yerga asta-sekinlik bilan cho'qishi mumkin. 3. Ultramikroskopik changlar. O'lchami 0,25 mkm dan kichik bo'lgan bu changlar havoda muallaq turadi va ularni elektron mikroskoplar yordamida ko'rish mumkin. O'lcfmi 10 mkm dan kichik dispers sistemalarga, ayerozollar deb ataladi. Chang va ayerozollarning o'lchami qancha kichik bo'lsa, ular nafas olish azollari orqali organizmga tez singib boradi. Chang zarrachalarining solishtirma yuzalari kattaligi tufayli ular tez yonuvchan va portlash xususiyatiga ega. Agar yuzasi 1 sm2 ga teng bo'lgan qattiq jismni yuzalari 0,1 mkm2 ni tashkil etadigan kublarga bo'lsak, unda kublarning umumiy yon yuzalari 6 sm2 dan 60 m2 gacha bo'lishi mumkin. Demak, chang zarrachalarining harakatlanishiga ularning o'lchami, massasi, zichligi va solishtirma yuzasi katta ta'sir ko'rsatadi. Ishlab chiqarish korxonalarida 1 m3 havo tarlibida 100 ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 59.82 KB
Ko'rishlar soni 276 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:42 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 59.82 KB
Ko'rishlar soni 276 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga