Hayot faoliyati xavfsizligini tahlil qilish

Hayot faoliyati xavfsizligini tahlil qilish

O'quvchilarga / Hayot xavfsizligi
Hayot faoliyati xavfsizligini tahlil qilish - rasmi

Material tavsifi

Hayot faoliyati xavfsizligini tahlil qilish Reja: Xavflarning turlari quyidagicha tasnif qilinadi 1. Kelib chiqish tabiatiga ko'ra: tabiiy, texnogen, antropogenik va ekologik. 2. Ta'sir xususiyatiga ko'ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik, termik va psixofiziologik. 3. Olib keluvchi oqibatiga ko'ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, haloqat, yong'in, nurlanish, kuyish va boshqalar. 4. Keltiruvchi zarariga ko'ra: ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, siyosiy. 5. Kelib chiqish sohasiga ko'ra: turmushga, sportga, yo'l transportiga, ishlab chiqarishga, urushga, tabiiy ofatga oid xavflar. 6. Insonga ta'sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv). 7. Ta'sir doirasiga ko'ra: lokal, mahalliy, milliy, global. 8. Ta'sir etish tezligiga ko'ra: tasodifiy, shiddatli, mo'tadil va ravon. Xavflarning taksonomiyasi. Taksonomiya - murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obyektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir. Xavflar taksonomiyasi - xavflarni tartib bo'yicha joylashtirish degan ma'noni anglatadi. a) geologik o'zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan xavflar: yer silkinishi, yer ko'chkisi, vulqon otilishi, tog'larning yemirilishi va boshqalar; b) gidrometerologik o'zgarish oqibatida yuzaga keladigan xavflar: shamollar, yog'ingarchiliklar, tabiiy yong'in, qurg'oqchilik, momaqaldiroq, chaqmoq chaqishi, do'l yog'ishi va hoka'zolar; d) epidemiologik, epizootik va epifitotik xavflar: (insonlar kasallanishi, zaharlanishi, ommaviy o'lim, parranda, cho'chqa gripplari, qutirish, oqsil kasalligi, chigirtkalarning yog'ilishi, fotosintez jarayonining buzilishi va boshqalar); Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta'minlashda muhim ro'l o'ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, albatta, xavflarning tabiatini chuqur o'rganish orqaligina amalga oshirish mumkin. Afsuski, hozirga qadar xavflarning yetarlicha to'liq taksanomiyasi yaratilmagan. Bu esa har qanaqa xavfning oldini olishni ta'minlashni chegaralab qo'yadi. Shuning uchun olimlar, soha mutaxassislari oldiga xavflarning taksonomiyasini yaratish bo'yicha ilmiy va metodologik izlanishlar olib borish maqsad qilib qo'yilgan. Xavflarning nomenklaturasi. Nomenklatura - muayyan belgi, xususiyatiga ko'ra sistemaga solingan nom va so'zlar ro'yxatidir. Masalan, tibbiyotda qo'llaniladigan dori-darmonlar nomenklaturasi birmuncha aniq tuzilgan. Jumladan, antibiotiklarga: tetrasiklin, ampitsilin, oksotsilin, biotsilin, trimol, sefozolin, sefamizin va boshqalar kiradi. Xavflar nomenklaturasini tuzishda ham aynan xavfning biror belgisi, xususiyati, keltiradigan oqibati yoki boshqa ko'rsatkichlariga ko'ra tuzilishi lozim. Hozirgi kunda xavflar nomenklaturasi umumiy holda alfavit bo'yicha tuzilgan. Masalan, ajal, alanga, alkagol, aziyat, vakuum, vulqon, vahima, gaz, gerbitsid, dinamik zo'riqish, yemirilish, yomg'ir, yong'in, zo'riqish, zahar, zilzila, ifloslanish, ichimlik, iztirob, kasallik, kuyish, lat yeyish, loyqalanish, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, radiatsiya, reanimatsiya, rezonans, tebranish, tok urish, toyib ketish, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xatar, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, ekzema, yaxlash, yadro zaryadi, yashur kasalligi va boshqalar. Xavflar kvantifikatsiyasi Kvantifikatsiya - murakkab tushuncha, (ofat, talafot, yong'in, nurlanish, shamol va hokazo)larning sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy qilinishidir. Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli, darajali, tezlanishli (ms, msoat) va boshqa usullari qo'llaniladi. Jumladan, yer silkinishining kvantifikatsiyasi - ballda yoki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1001.69 KB
Ko'rishlar soni 296 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:42 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 1001.69 KB
Ko'rishlar soni 296 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga