Hayot faoliyati xavfsizligini o'rganishga hissa qo'shgan olimlar

Hayot faoliyati xavfsizligini o'rganishga hissa qo'shgan olimlar

O'quvchilarga / Hayot xavfsizligi
Hayot faoliyati xavfsizligini o'rganishga hissa qo'shgan olimlar - rasmi

Material tavsifi

hayot faoliyati xafsizligini o'rganishga xissa qo'shgan jahon va vatanimiz olimlari ularning asosiy ilmiy- amaliy ishlari Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqarolarni jumladan ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta etibor qaratib kelinmoqda. ta'lim jarayonida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta'lim to'g'risidagi Qonunlar asosida ta'lim sohasida katta yutuqlarga erishildi. ta'lim mazmuni tubdan ijobiy o'zgarishga yuz tutmoqda. ta'lim tizimining barcha tizimida eng zamonaviy o'qitish vositalaridan foydalanilmoqda. Ishlab chiqarish ham eng qudratli, zamonaviy ishlab chiqarish vositalari bilan qurollantirilmoqda. Ijtimoiy hayot tarzi faollashmoqda. Mamlakatda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «ta'lim to'g'risida»gi Qonun ta'lim tizimi mazmunini tubdan o'zgartirib yubordi. Jumladan oliy ta'lim o'quv rejalariga zamon va hayot talablaridan kelib chiqib katta o'zgartirishlar kiritildi. Hayot faoliyati - bu insonning kunlik faoliyati,dam olishi va yashash tarzidir. Inson hayoti jarayonida uni o'rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada bo'ladi va shu bilan birga har doim uni o'rab turgan muhitga bog'liq bo'lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o'zini o'rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo'lgan ehtiyojini qanoatlantiradi. Atrof-muhit - insonni o'rab turgan muhit bo'lib, insonning hayot faoliyatiga, uning sog'ligi va nasliga to'g'ridan to'g'ri, birdan urinma yoki masofadan ta'sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig'indisidir. Inson va atrof-muhit uzluksiz o'zaro ta'sirda bo'lib, doimiy harakatdagi «Inson - atrof muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o'zgarib bordi. Inson mukammallashdi, yer sharining aholisi va uning oqimi o'sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o'zgardi. Ahmad al Farg'oniy X asrda yashab arab tilida ijod etgan Ahmad Farg'oniy (taxmin. 798-865)zamonasining atoqli astronomi, matematigi va geografi edi. Uning to'liq ismi Abulabbos Ahmad ibn Muhammad Kasir al Farg'oniy. U xalifa Horun ar Rashid (986 -809) topshirig'iga binoan Bag'dod yaqinida Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurishga boshchilik qiladi. Rasadxona qoshida uning rahbarligida astronomiya maktabi tashkil etiladi. Bu yerda Ahmad Farg'oniyga zamondosh olimlar va shogirdlar bilan faoliyat olib bordi. U Astronomiya asosi, Samoviy harakatlar va Yulduzlar haqidagi fan nomli asarlar yozdi. Uning o'z zamonasida Astronomiya asosiy nomli asari astronomiya bilimining o'ziga xos qomusi hisoblangan va u XV asrda lotin tiliga tarjima qilingan. Bu asar bir necha asr davomida Yevropaastronomlari uchun qo'llanma va dastur bo'lib xizmat qilgan. Aristotel (Arastu) o'z zamonasining buyuk faylasuflaridan edi. U Aleksandr Makedonskiyning ustozi ham edi. Arastu faylasuf Suqrot huzurida 20 yilga yaqin ta'lim oldi Aflotun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 257.91 KB
Ko'rishlar soni 1309 marta
Ko'chirishlar soni 499 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:42 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 257.91 KB
Ko'rishlar soni 1309 marta
Ko'chirishlar soni 499 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga