«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining vazifalari va tarkibi. maqsad: Hayot faoliyati xavfsizligi fanining oliy o'quv yurtlari va texnikumlarda o'qitilishi. Bu fanning boshqa fanlar bilan bog'liqligi, mehnat to'g'risidagi qonunchiliklarni amalda bajarlishi, ishlab chiqarishda sanitariya va gigiyenik ishlarga amal qilinishi, sanoat korxonalarida texnika xavfsizligi o'rganish va ishlab chiqarishdagi yongin va portlashlarga qarshi chora-tadbirlari amalga oshirish to'g'risida qisqacha bayonot beriladi. Reja: 1. Mehnat muhofazasiga oid tushunchalar. 2. Hayot faoliyati xavfsizligida xalqaro kelishuvlari to'g'risida. Mehnat muhofazasiga oid tushunchalar. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish insonning ishlab chiqarishdagi fizik protsesslar bilan aloqasini kamaytirishga uning ishlab chiqarishni faqat nazorat qilish hamda boshqarishdagina ishtirok qilishga imkon beradi. Ishlab chiqarishdagi texnika protsessi mehnat unumdorligini ancha oshiradi, mehnat sharoitini yaxshilaydi va engillashtiradi, ammo shu bilan birga mehnatni ancha jiddiylashtiradi. Mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, sogligi va ish qobiliyatini saqlashni ta'minlaydigan qonunchilik aktlari va ularga mos iqtisodiy, texnikaviy, gigiyenik va tashkiliy tadbirlar sistemasi mehnat muhofazasi deb ataladi. Mehnat muhofazasi quyidagi bo'limlardan iborat: Mehnat muhofazasi qonunchiligi. Xavfsizlik texnikasi. Ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi. Yong'inga qarshi tadbirlar Mehnat muhofazasi qonunchiligi mehnat qilish va dam olishning huquqiy normalarini o'z ichiga oladi hamda uning himoya qilinishini kafolatlaydi. Xavfsizlik texnikasi ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning ta'sir etishining oldini oluvchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir. Ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi zararli faktorlarning ta'sir etishining oldini oluvchi tashkiliy gigiyena va sanitariya texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir. Yong'in profilaktikasi-ishlovchilarni olovdan (yong'in va portlashdan) himoya qilishga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar kompleksidir. Hayot faoliyati xavfsizligida xalqaro kelishuvlari to'g'risida. Hayot faoliyati xavfsizligida davlatlar o'rtasida o'zaro ilmiy ishlar va bir-biriga mutaxasislarni yuborish bilan, simpoziumlarga, konferensiyalarga seezdlarga (mehnat muhofazasi bo'yicha) qatnashish yo'li bilan mehnat muhofazasini rivojlantirish mumkin. 1991 yilda o'zaro iqtisodiy yordam kengashi (SEV) qo'l qo'ygan «Tabiatni muhofaza qilish» bo'yicha tashkiliy ishlarni ishlab chiqarish bitimda ko'rsatilishiga, havoni korxona chiqindisi bilan ifloslanishi, shovqindan himoyalash va boshqa shunga o'xshash ishlar hal qilingan. SEV ning 1991 yilga doimiy komissiyasi sog'likni saqlash bo'yicha ish olib borib, «Mehnat gigiyenasi va kasbiy kasallanish» to'g'risida qo'llanma birgalikda ishlab chiqilgan. O'zaro iqtisodiy yordam kengashi (SEV) hozirgi paytda davlatlar o'rtasida sog'likni saqlash bo'yicha yordam bermokda. Xulosa: Bu mavzuda Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibi va nimalarni o'rgatishi to'g'risida to'la ma'lumot beriladi. Nazorat savollari va test orqali talabalar bilimi tekshiriladi. Nazorat savollari. Mehnatni muhofaza qilish fanining vazifalari va uning ahamiyati. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibi. Hayot faoliyati xavfsizligida xalqaro kelishuvlari to'g'risida. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Adabiyotlar 1. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. Toshkent, 2001y 2. Yormatov G va ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:55:21
Bo'lim
Hayot xavfsizligi
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.88 KB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 18:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:55 ]
Bo'lim
Hayot xavfsizligi
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.88 KB
Ko'rishlar soni
231 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 18:42 ]
Arxiv ichida: docx