Qarshi shahar xalq ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limi Qarshi shahar 4-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Quyanov Samandarning adabiyot fanidan Zulfiya lirikasi mavzusida tayyorlagan bir soatlik 2015-yil Ta'limiy: Mavzu bilan tanishtirish, shoiraning hayoti, ijodi haqida to'laroq ma'lumot berish. U haqida tushuncha hosil qilish. Tarbiyaviy: O'quvchilarga estetik tarbiya berish, shoira ijodiga hurmat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Ifodali o'qish, mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Darsni jihozlanishi: Albomlar, asarlari, darslik, magnit lentasi, rasmlar. Dars uslubi: Izlanuvchanlik, savol-javob, ifodali o'qish. Dars turi: Noan'anaviy mushoira darsi. Dars turi: Yangi bilim berish Darsning borishi: I.tashkiliy bosqich. A. Salomlashish she'r asosida B. Navbatchi axboroti. II. Yangi mavzu bayoni. Dars rejasi: Samimiy tuyg'ular kuychisi. Urush! Noming o'chsin jahonda. She'rginam, makon qur eng toza yurakda. O'quvchilar, biz oldingi darslarda o'rgangan ijodkorlarni esklaylik. 1.Hoshimjon qanday asar qahramoni? Shoxdor ona Bug'u kimga beshik keltirishini kim xohlaydi? 3.Hayqiraman tog'lar ortidan, Gumbirlagan sado keladi. 4.Urushning so'nggi qurboni kim? - O'quvchilar, biz bugun shoiramiz Zulfiya haqida suhbatlashamiz. Hozir esa shoira she'rlari asosida mushoirani boshlaylik. (Magnitofondan she'riy satrlar yangraydi.) Salqin saharlarda, bodom gulida, Binafsha labida, yerlarda bahor, Qushlarning parvozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor. She'rning davomini o'quvchilar navbatma-navbat aytishadi. Shoira she'rlarining mavzusi rang-barangdir. («Tun» she'rini o'qishadi) Tog' ortiga o'tib ketdi kun, Sekin chiqdi toza, salqin tun. Keling o'quvchilar shoira hayotiga bir nazar solaylik. Shu o'rinda aqliy hujumga o'taylik. 1915-yil 1-mart. Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida tug'iladi. 1931-34-yillar. Xotin-qizlar bilim yurtida o'qiydi. Adabiy to'garaklarda qatnashadi va she'rlar mashq qiladi. 1931-yil 17-iyul. Birinchi she'ri «Ishchi» gazetasida bosiladi. 1932-yil. Hamid Olimjon bilan uchrashadi. 1932-yil. «Hayot varaqalari» nomli birinchi she'rlar to'plami chop etiladi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida o'qiydi. 1933-35-yillar. O'zbekiston Davlat nashriyotida ishlaydi. 1935-38-yillar. O'zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi til-adabiyot instituti aspiranturasida o'qiydi. 1938-yil. Bolalar nashriyotida muharrir. 1939-yil. «Qizlar qo'shig'i» she'riy kitobi chiqadi. 1941-yil. O'zbekiston Davlat nashriyotida adabiyot bo'limi boshlig'i. 1943-yil. «Hulkar» kitobi, «Uni Farhod der edilar» poemasi nashr etildi. 1944-yil. «Hijron kunlarida» kitobi chiqadi. 1944-yil. Hamid Olimjon vafotiga atab «Kechir, qoldim g'aflatda», «Yulduz», «Ne balolarga etding mubtalo», «Sen qaydasan, yuragim», «Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh», «Bahor keldi seni so'roqlab» she'rlarini yozadi. 1950-53-yillar. «O'zbekiston xotin-qizlari» jurnali bo'limi boshlig'i. 1950-yil. «Men tongni kuylayman» she'riy kitobi chiqadi. 1953-yil. «Dugonalar bilan suhbat» kitobi nashr etiladi. «Oydin» ocherki bosildi. 1954-yil. «Saodat» jurnalining bosh muharriri. 1958-yil. «Yuragimga yaqin kishilar» kitobi chiqadi. «Mushoira» she'ri, «Zaynab va Omon» operasi librettosi yozildi. 1965-yil. O'zbekiston xalq shoiri unvoni beriladi. «Kuylarim sizga» she'rlar to'plami, «O'ylar» adabiy maqolalari kitobi chop etiladi. 1967-yil. Neru ...

Joylangan
26 Jul 2022 | 11:26:47
Bo'lim
Qo'shimcha materiallar
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
128.35 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
26 Jul 2022 [ 11:26 ]
Bo'lim
Qo'shimcha materiallar
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
128.35 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:52 ]
Arxiv ichida: doc