Tutanxamon xazinasi 1893 yil Frantsiya arxeologi Loret Amenofis II maqbarasini topgan va uning atrofida yana 13 ta boshqa jasadlar bo'lganligini aniqlagan. Eng fantastik kashfiyot malakali misrshunos olim Karter va uning boy homiysi Lord Karnavonlar tomonidan 1922 yilda sodir bo'lgan. 1903 yildan boshlab keyingi bir necha yillar davomida amerikalik sayyoh Teodor Devis Shohlar vodiysida qo'l tegmagan birorta maqbara topish umidida tinmasdan qidiruv ishlari olib borgan, lekin natija bo'lmagan. 1914 yilda u tekshirish ishlarini tugadi deb hisoblab, ijaraga olgan Vodiyni Karter bilan Karnavonga topshiradi. Ular qariyb 9 yil izlanishda bo'ladilar. Bu davr ichida bir necha yuz tonna qum va toshlarni joydan-joyga suradilar. Tekshirilmagan hech bir narsa qolmaydi. Hatto kichkinagina teshik ham ular e'tiborini chetlab o'tmaidi. Ammo natija yo'q edi. Oxiri ular ham umidlarini uza boshlaydilar. Toqati toq bo'lgan Karnavon 1922 yilda ishlarni davom ettirishdan voz kechganligini ma'lum qiladi. Ammo Karter hech bo'lmasa yana bir-ikki oy ishlarni davom ettirishni undan o'tinib so'raydi. Chunki Karter nima uchundir bir kichkinagina uchburchak shaklidagi teshikka e'tibor bergan edi. Turistlarning Ramzes VI maqbarasiga o'tadigan yo'lini to'smaslik maqsadida bu yerda hech kim qazish ishlarini olib bormagan edi. Shuning uchun ham Karter: «Mana shu bo'shliq tekshirilmas ekan, barcha choralar ko'rildi deb bo'lmaydi», degan xulosaga keladi. Karnavon rozi bo'ladi. Karter esa yana Misrga qanyadi va o'sha uchburchak bo'shliqni tozalashga kirishadi.Bir necha kundan keyin u hayajon bilan qoyani ichkarisiga kirib ketgan zinani ko'rib qoladi. Zina bo'ylab pastga tushadi. Uning ko'z oldida mutlaqo shikastlanmagan devor paydo bo'ladi. Karter devor oldida bir daqiqa sukut saqlaydi. Devorda esa Tutanxamondan dalolat beruvchi shoh muhri bor edi. Karter shu zahotiyoq xo'jayiniga qo'ng'iroq qiladi. Karnavon zudlik bilan Misrga yetib keladi. Ular devorni buzib kiradilar. Bu yerda qurilish chiqindilari bilan to'ldirilgan tor yo'lak, unda yana bir shoh muhri bilan belgilangan devor bor edi. Hal qiluvchi damlar boshlandi. Karnavon va bir nechta kishilar koridorda sabrsizlik bilap kutib turadilar, bu vaqtda Karter devorning yuqorisida kichik teshik ochadi. Ko'radiki devor orqasi bo'shliq. U elektr chirog'ini o'sha tomonga yo'naltiradi. Karter bir necha daqiqa qotib qoladi. «Siz biron narsa ko'ryapsizmi?», deb so'raydi Karnavon. «Ha, - deb javob beradi Karter. - Ajoyib narsalar, xuddi ertaklardagidek». Bu tarix haqida o'z vaqtida va undan keyin ham juda ko'p gapirilgandi, chunki u takror va takror gapirishga arziydigan tarixdir. Karter topgan xona aslida xazina bilan to'ldirilgan dahliz edi. Unda ikkita eshik bo'lib, biri omborxona, ikkinchisi go'rxona bilan bog'langan. Bu yerdagi mo''jizalardan biri shohning tilla plastinka bilan koplangan taxtidir. Darhaqiqat u ajoyib taassurot tug'diradi. Tilla plastinka taxtga suyanchiq sifatida ishlangan ...

Joylangan
29 Jul 2022 | 22:49:21
Bo'lim
Qo'shimcha materiallar
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
111.03 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Jul 2022 [ 22:49 ]
Bo'lim
Qo'shimcha materiallar
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
111.03 KB
Ko'rishlar soni
218 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:43 ]
Arxiv ichida: doc