2-sinf Matematika Takrorlash va misollar yechish

2-sinf Matematika Takrorlash va misollar yechish

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
2-sinf Matematika Takrorlash va misollar yechish - rasmi

Material tavsifi

DARSNING BLOK CHIZMASI: I. tashkiliy qism. O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e'lon qilish. 1.1. O'qituvchi o'quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o'tadi hamda o'quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta'kidlanadi. 1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e'lon qilish: 1.3. Kunning muhim voqealari aytib o'tiladi: O'qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo'lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma'lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma'lumot berib o'tiladi. II. O'tilgan mavzuni takrorlash: Guruhlarda ishlash O'quvchilar 3 guruhga bo'linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzu bo'yicha qisqacha ma'lumot berishadi. II. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: Qoidalar bilan tanishtirish: 1) Sardorlarni saylash; 2) O'zaro hurmat; 3) O'ng qo'l qoidasi; 4) Bir-birini eshitish; 5) Tashabbuskorlik; 6) Vaqtga rioya qilish; 7) Sehrli so'zlardan foydalanish. Baholash mezonlari: Qizil kartochka - 5 ball, sariq - 4 ball, yashil - 3 ball, oq - 2 ball. Darsning borishi: 1-, 2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi. 3-bosqich. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: O'qituvchi: Aziz o'quvchilar! Biz bugun «Kim g'olib?» musobaqa darsini o'tkazamiz. Sinf o'quvchilarini 3 guruhga bo'lamiz va ularga nom beramiz. 1-guruh: «Bilimdonlar» 2-guruh: «Chaqqonlar» 3-guruh: «Zukkolar» 1-topshiriq. Ajratish metodi. Har bir guruhga alohida konvert tarqatiladi. Har bir konvertda sonlar yig'indisi va sonlar ayirmasiga doir 8 tadan misollar berilgan. O'quvchilar ushbu misollarni olti minut davomida ikki qatorga ajratib yozishlari kerak. Buning uchun guruhlarga quyidagicha jadval tarqatiladi va shart bajarilgach guruh sardori doskaga jadvalni ilib javoblarini izohlaydi. 1-guruh. «Bilimdonlar» Quyidagi sonlar yig'indisini bir ustunga, ayirmasini ikkinchi ustunga yozib, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 776.19 KB
Ko'rishlar soni 488 marta
Ko'chirishlar soni 97 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 776.19 KB
Ko'rishlar soni 488 marta
Ko'chirishlar soni 97 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga