5-sinf Geografiya fanidan Yer po'stining harakatlari dars taqdimoti

5-sinf Geografiya fanidan Yer po'stining harakatlari dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Geografiya fanidan Yer po'stining harakatlari dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Yer po'stining harakatlari Mantiyadagi harakatlar ta'sirida Yer po'stining ayrim joylari asta-sekin cho'kadi, boshqa qismlari esa ko'tariladi. Chuqur cho'kkan joylarni suv qoplab, okean va dengizlar hosil bo'lgan. Ko'tarilgan joylar quruqlik bo'lib, materiklarni, orol va yarimorollarni paydo qilgan. Lekin vaqt o'tishi bilan okean va dengizlar osti ko'tarilib quruqlikka aylanishi, aksincha, quruqliklar pasayib, o'rnini suv bosib dengizga aylanishi mumkin. Yer po'stining gorizontal harakati natijasida yer qatlamlari bukilib, burmali tog'larni, vodiylarni, chuqur okean botiqlarini hosil qiladi. Yer po'stida yoriqlar vujudga keladi. Yer yuzasidagi barcha baland-pastliklar - tog'lar, tekislik, qir, vodiy, soylar va boshqalar relyef deb ataladi. Yer po'stida biror joy yorilsa, o'sha hudud tagida bosim pasayib, chuqurdagi qaynoq moddalar suyuqlashib, suyuq jinsga aylanadi. U magma deb ataladi. U yer yoriqlaridan yuqoriga ko'tariladi va yer yuziga oqib chiqadi. Magma Yer yuziga oqib chiqqan qaynoq suyuq modda lava deyiladi. Lava asta sovib, tepa va tog'larni hosil qiladi. Bunday tepa va tog'lar vulqonlar deb ataladi. Vulqonlar otilganda yer qimirlaydi, portlashlar ro'y beradi, gumburlagan ovozlar eshitiladi. Vulqon og'zidan kul, gaz va toshlar otilib chiqadi Vulqonlar otilib turadigan o'lkalarda va yer po'stida yoriqlar bor joylarda issiq buloqlar ham uchraydi. Ular hali sovib ulgurmagan lavalar orasidan va chuqur yoriqlardan chiqqani uchun qaynoq bo'ladi. Ba'zi issiq buloqlarda suv vaqt-vaqti bilan favvora kabi otilib turadi. Bunday buloqlar geyzerlar deyiladi. Yer po'sti plitalari tutashgan, burmalanish, yorilish, uzilish bo'layotgan joylarda tabiatning eng dahshatli hodisalaridan biri - yer qimirlashlar bo'lib turadi. O'zbekistonning ham kattagina qismi, ayniqsa, sharqiy, janubiy tog'li, tog' oldi qismlari yer qimirlaydigan zonaga kiradi. Yer qimirlash Yer po'stining chuqur qismida - tog' jinslari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.57 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:36 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.57 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga