5-sinf Geografiya fanidan Geografik xaritalar dars taqdimoti

5-sinf Geografiya fanidan Geografik xaritalar dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Geografiya fanidan Geografik xaritalar dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Geografik xarita Geografik xaritada Yer yuzasi tekis yuzada kichraytirilgan holda tasvirlanadi (Atlas xaritalarini, devorga osiladigan xaritalarni ko'ring). Xaritalar har xil bo'ladi. Masalan, relyef xaritalarida quruqlik yuzidagi va dengiz ostidagi tog'lar, qirlar, tekisliklar tasvirlanadi. O'simliklar xaritalarida turli hududlardagi o'simliklar, ularning qanday tarqalganligi ko'rsatiladi. Foydali qazilmalar xaritalarida ko'mir, neft, gaz, temir rudasi va Yerning boshqa mineral boyliklari qayerlarda joylashganligi shartli belgilar bilan aks ettiriladi. Iqlim xaritalarida Yer yuzining qaysi nuqtasida qancha yog'in yog'ishi, havo haroratining qanday bo'lishi, shamollar yo'nalishi tasvirlanadi. Bu sanab o'tilgan barcha xaritalarda ma'lum mavzuga oid geografik predmet va hodisalar tasvirlangan bo'ladi. Shuning uchun bunday xaritalar mavzuli xaritalar deb ataladi. Geografik xaritalar Dunyo xaritasi, materik va okeanlar xaritasi hamda alohida o'lkalar, davlatlar xaritalariga bo'linadi. Mavzuli xaritalardan tashqari umumiy geografik xaritalar ham bo'ladi. Ularda hududning umumiy ko'rinishi, ya'ni relyef, daryolar, ko'llar, dengizlar, shaharlar, okeanlardagi yirik oqimlar va boshqalar ko'rsatiladi. Bunday xaritalar tabiiy xaritalar deb ataladi. Tabiiy xaritalar ham har xil bo'ladi: Dunyo (Yarimsharlar) tabiiy xaritalari, alohida materiklarning tabiiy xaritalari, ayrim davlat va o'lkalarning tabiiy xaritalari. Shunday qilib, geografik xaritalar Yer yuzining umumiy yoki ayrim jihatlarini tasvirlovchi xaritalar bo'lishi mumkin. Mazmuniga ko'ra esa umumiy geografik va mavzuli xaritalar bo'ladi. Tasvirlangan hududining kattaligiga ko'ra Dunyo xaritasi, alohida materiklar, alohida davlat yoki o'lkalar xaritalari bo'ladi. Xaritalarning shartli belgilari. Xaritalarda turli predmet va hodisalarni tasvirlash uchun xaritaning o'ziga xos tili hisoblangan shartli belgilardan foydalaniladi. Yer yuzining relyefi masalan, ustma-ust rang berish bilan tasvirlanadi. Bunda, 0 m dan 200 m gacha baland bo'lgan pasttekisliklar yashil rangga, 200 dan 500 m gacha baland bo'lgan qirlar och jigarrangga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.23 MB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:36 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.23 MB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga