3-sinf Ona tili fanidan Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar dars ishlanma

3-sinf Ona tili fanidan Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
3-sinf Ona tili fanidan Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Tayyorladi: Surxondaryo viloyati Muzrabot tuman 34-umumta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Choriyeva Nilufar Shaydullayevna 3-sinf Ona tili BO'LISHLI VA BO'LISHSIZ FE'LLAR DARSGA MOTIVATSIYA BERISH ESDA TUTING Keldi, bordi, aytdi kabi fe'llar harakatning bajarilganligini bildiradi. Bunday fe'llar bo'lishli fe'llar deyiladi. Kelmadi, bormadi, aytmadi kabi fe'llar esa harakatning bajarilmaganligini bildiradi. Bunday fe'llar bo'lishsiz fe'llar deyiladi. Bo'lishli fe'lga -ma qo'shimchasini qo'shish bilan bo'lishsiz fe'l hosil bo'ladi. Keldi- kelmadi Bordi- bormadi Aytdi- aytmadi 331-mashq (118-bet) O'qing. Fe'llarni aniqlang. Mehribon o'rtoqlar Bugun hamma maktabga keldi. Biroq Anvar kelmadi. Anvarning sinfdoshlari darsdan keyin uning uyiga borishdi. Onasi Anvarning kasalligini aytdi. O'rtoqlari Anvarni kirib ko'rishdi. Darsda o'tilgan mavzular to'g'risida suhbatlashdilar. Namuna: Harakat bajarildi: Harakat bajarilmadi: keldi kelmadi 331-mashq (118-bet) Fe'llarni o'qing, ular bir-biridan nimasi bilan farq qilayotganini ayting. Harakat bajarildi: keldi bordi aytdi ko'rishdi suhbatlashdi gapirdi Harakat bajarilmadi: kelmadi bormadi aytmadi ko'rishmadi suhbatlashmadi gapirmadi 332-mashq ( 119-bet) O'qing. Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llarni aniqlang. Ko'chiring. Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llarning tagiga ikki chiziq chizing. Ularning farqini ayting. Bo'lishsiz fe'llar ustiga ,,b-siz (bo'lishsiz) deb yozing. Ozoda uchinchi sinfda o'qiydi. U darsdan sira kech qolmaydi. Ozoda o'quv qurollarini yaxshi saqlaydi. U topshirilgan vazifalarni mustaqil bajaradi. Ozoda o'rtoqlaridan yordamini ayamaydi. Mustahkamlash Fe'llarni bo'lishsiz fe'llarga aylantiring. Yugurdi- Keldi- Aytdi- Bordi- Sanadi- Mustahkamlash Bo'lishsiz fe'llarni bo'lishli fe'lga aylantiring. Uxlamadi- Xohlamadi- O'qimadi- Suzmadi- Ko'rmadi- Uyga vazifa 33-mashq (119-bet) Ko'chiring. Bo'lishli fe'lni bo'lishsiz fe'lga aylantirib yozing. Bo'lishsiz fe'lni hosil qilgan qo'shimchaning tagiga chizing. yozdi- yozmadi uxlayapti- saqlaydi- o'qidi- chiqyapti- ishlaydi- aytdi- arralaydi- ichadi- Bilimingizni tekshiring Bo'lishsiz fe'l qanday qo'shimcha qo'shish orqali hosil bo'ladi? -la -ma -illa Bilimingizni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 3.64 MB
Ko'rishlar soni 1265 marta
Ko'chirishlar soni 412 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:29 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 3.64 MB
Ko'rishlar soni 1265 marta
Ko'chirishlar soni 412 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga