Mavzu: Fe'l yasovchi qo'shimchalar Maqsad: Ta'limiy: O'quvchilarda yangi mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma va malaka hosil qilish, fe'l so'z turkumi mavzusini mustahkamlash, Fe'l yasovchi qo'shimchalar mavzusi yuzasidan tushuncha berish, 421-424-mashqlar ustida ishlash; FK1: -lan, -illa, -sira, -la, -lash - fe'l yasovchi qo'shimchalar, fe'llarning talaffuzi va imlosini bilishi, o'qilgan asar mazmunini va o'zgalar fikrini anglab, ifodalay olish. Tarbiyaviy: O'quvchilarda tabiatni sevish, o'lkamiz tabiatidan faxrlanishga undash, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; TK5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish: Rivojlantiruvchi: Fe'l so'z turkumi, shaxs -son qo'shimchalari haqidagi bilimlarini rivojlantirsh, o'quvchilar nutqini fe'llar bilan boyitish; FK2:mavzuga oid yangi so'zlarni og'zaki va yozma nutqda qo'llay olish; yozma nutqda tinish belgilarini to'g'ri qo'llay olish. Darsning turi: Yangi bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars; Darsning metodi: Tushuntirish, suhbat, ko'rgazmalilik, blits so'rov, topshiriqlar; Darsning jihozi: Darslik, mavzuga doir rasmli ko'rgazmalar, multimedia ilovasi, rag'bat kartochkalari; Darsning borishi: I. tashkiliy qism. Salomlashish: Assalom-u alaykum Va-alaykum assalom. -Har narsadan xabarchi sinfda kim navbatchi? -Har narsadan xabarchi, sizda men navbatchi. Navbatchi axboroti tinglanadi, davomat aniqlanadi, tabiatdagi o'zgarishlar, bahor fasli haqida suhbat o'tkaziladi. O'qituvchi: Hozir darsimiz ona tili darsi. O'quvchilar ona tili fani haqida she'r aytadilar. Ona tilim sen borsan shaksiz Bulbul ko'yin she'rga solaman. Sen yo'qolgan kuning shubxasiz Men ham to'ti bo'lib qolaman. -Bizning vatanimiz qayer? -O'zbekiston. O'quvchilar doskada O'zbekiston so'zini harflar orqali hosil qilishga kirishadilar. O'- o'zligini topdi o'zbek, sunbulaning kunida, Z - zamon silsilasi qaytarolmas maqsaddan. B - baxt saodat kelar albat, ahil bo'lasak bizlarga, E - erkinlikka intilamiz insoniylik burchimiz. K - kamolot, ulug'lik tomon intilar xalqim, I - insonlar orzusi ...

Joylangan
04 Mar 2023 | 20:04:52
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
3.37 MB
Ko'rishlar soni
684 marta
Ko'chirishlar soni
177 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:29
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
04 Mar 2023 [ 20:04 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
3.37 MB
Ko'rishlar soni
684 marta
Ko'chirishlar soni
177 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:29 ]
Arxiv ichida: pptx, docx