DEHQONOBOD TUMAN HTB GA QARASHLI 98-UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI INFORMATIKA FANI O'QITUVCHISI XONIMOV ULUG'BEK 5-SINFDA INFORMATIKA FANIDAN O'TKAZILGAN 1-SOATLIK NAMUNALI OCHIQ DARS. TAQDIMOTI Kompyuter va uning qurilmalari Kimki axborotga egalik qilsa, u dunyoga egalik qiladi Dehqonobod-2023 Hisoblash texnikasining texnik qurilmalari va uning vazifalari. Reja: Kompyuter haqida umumiy tushuncha. Kompyuterning asosiy qurilmalari Kompyuterning qo'shimcha qurilmalari. Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni ta'minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin. Birinchi shaxsiy kompyuter 1973- yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977- yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi Apple Computer firmasi tomonidan mukam- mallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi. KOMPYUTER Sistema bloki Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo'lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi ma'lumotlar o'chib ketadi. DXQda esa axborotlar o'zgarmasdan doimiy saqlanadi. Asosiy qurilma Ona plata Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl. mainboard - Asosiy plata; материнка) Shaxsiy kompyuterning asosiy komponentlari (Markaziy protsessor, TXQ kontrolleri va TXQ, yuklanuvchi DXQ, BIOS kontrollerlari) o'rnatiladigan plata. Odatda ona platada razyomlar (slotlar) joylashgan bo'ladi. Sistema blokining qismlari Mikroprotsеssor (MP) ShK ning markaziy bloki bo'lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmеtik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo'ljallangan. ...

Joylangan
22 Mar 2023 | 19:33:09
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.77 MB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
22 Mar 2023 [ 19:33 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.77 MB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:36 ]
Arxiv ichida: pptx