Surxondaryo Viloyati Sariosiyo tumani 21 -umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi O'rinova Surayyoning ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI Fanidan ''Navoiyning bolaligi'' mavzusida tayyorlagan 1 soatlik ochiq dars ishlanmasi. SINF:3 Mavzu: Navoiyning bolaligi Ta'limiy: o'quvchilarni Navoiyning bolaligi hikoyasining mazmuni bilan tanishtirish, odamning yashaydigan uy-joyi, hovlisi uning kichik Vatani ekanligi haqida va insonning ota-ona oldidagi farzandlik burchining Vatan oldidagi burchi bilan uyg'unligi to'g'risida ma'lumot berish. FK 1: hikoyada ongli, ifodali, to'g'ri o'qiy olish. Tarbiyaviy: o'quvchilarda Vatanning ostonadan boshlanishi va uning muqaddasligi yuzasidan umumiy tasavvur hosil qilish, ona Vatanga bo'lgan muhabbatni o'stirish. TK 5: hikoyada aks etgan vatanparvarlik g'oyasini singdirish. Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning asar mazmuniga doir savol va topshiriqlar bilan ishlash, matndagi so'z, gaplarning ma'nolarini izohlay olishi, lug'at ustida ishlash, ongli va ifodali o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish. FK 2: o'qilgan hikoya mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, Zanjir usuli, Aql charxi metodi, Mohir jurnalist, Bir haqiqat uch yolg'on o'yini, Baliqni tut o'yinlari. Dars jihozlari: rasmlar, tarqatma materiallar, multimedia ilovalari. Darsning borishi: I.tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash. O'qituvchi: Sinfda kim navbatchi? Navbatchi: Sinfda men navbatchi Ustozimga yordamchi, Pok tutaman xonani Hamda yozuv taxtani. Ustozimiz shod bo'ling Bugun hamma shu yerda Darsingizni miriqib Eshitish umidida. O'qituvchi: Endi sinfdagi o'quvchilar bilan tanishib olamiz.,,Zanjiro'yini orqali o'quvchilar ismlarining bosh harfi bilan boshlanadigan sifatlarini aytadilar. Aql charxi va zinama-zina o'yini. O'quvchilar: Ahrorbek-a'lochi, Madina-mehnatkash, Saida-sadoqatli, O'qituvchi: Sizlarga savol beraman, javobini aytasiz. 1-savol.Kechqurun yo'llarimizni yoritib turuvchi osmon jismi? ( Oy) 2-savol.Hamma insonlar uning uvog'ini ham ko'zga surtib qadrlaydigan ne'mat? (Non) 3-savol.Inson ...

Joylangan
13 Apr 2023 | 18:38:15
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.04 MB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Apr 2023 [ 18:38 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.04 MB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:30 ]
Arxiv ichida: docx