Quvasoy shahar 29-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi Zarifa Yusupovaning 3-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligidan Dangasalik-yomon illat mavzusi uchun METODIK QO'LLANMASI Najot ta'limda, najot tarbiyada, najot bilimda. Maktab ta'limini rivojlantirsak, oliy ta'lim ham, ilm ham kelajakda rivojlanadi. Sh.Mirziyoyev Kirish O'sayotgan yosh avlodni kichiklik yoshidan boshlab mehnatsevarlikka o'rgatish biz kattalarning eng asosiy vazifalarimizdan biri desam mubolag'a bo'lmaydi. Bolaga bog'cha yoshidan boshlab kichik yumushlarni bajartirib, shirin so'z, maqtovlarni aytib turish ham ularni yanada mehnat qilishga chorlaydi. Bora-bora bola o'z-o'zidan mehnat qila boshlaydi. Endi unga aytish yoki o'rgatish shart emas. Lekin afsuski, hamma oilada ham bola tarbiyasiga unchalik e'tibor berilmaydi. Bunday oilada katta bo'lgan bola kelajakda tanbal, ishyoqmas, dangasa bo'lib ulg'ayadi. Bola dastavval oilada unib o'sarkan, bolaning oila a'zolari ya'ni kattalar ularga o'rnak bo'lishlari kerak. Qush uyasida ko'rganini qiladi. Mehnatni sevadigan oila farzandlari mehnatkash, aksincha, tanballikni o'ziga odat qilgan oilalarda esa farzandlar tanbal bo'lib voyaga yetadilar. Farzandini avaylab-asrab, butun uy yumushlarini o'z zimmalariga olgan ota-onalarning farzandlari ham ishyoqmas bo'lib ulg'ayadi. Darslikda Dangasalik-yomon illat bo'limida Muhabbat Hamidovaning Dangasaning ta'tili she'ri, Dangasa bola ertagi orali o'quvchilar halol mehnat bilan topilgan pulning qadrli ekanligi, mehnatning tagi rohat ekanligini tushunib yetadilar. Ayniqsa unga ishlangan multfilmni ko'rgan bolalar bu mavzuga, bu kitobga bo'lgan qiziqishlari yanada ortib bormoqda. Men darslarimga yanada mazmun kiritish maqsadida o'quvchilar uchun mavzuga doir quvnoq she'r va ertaklar yozib turaman. Aynan mana shu mavzu uchun Ochko'z jo'jacha she'rini yozdim. Bu she'rda kichik, tanbal jo'ja va ona tovuqning suhbati aks ettirilgan. OCHKO'Z JO'JACHA Ochko'zroq bir jo'jacha Tinim bilmay o'lja yer, Qorinchasini silab Onasiga ...

Joylangan
13 Apr 2023 | 18:38:15
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.42 MB
Ko'rishlar soni
480 marta
Ko'chirishlar soni
159 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Apr 2023 [ 18:38 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.42 MB
Ko'rishlar soni
480 marta
Ko'chirishlar soni
159 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:30 ]
Arxiv ichida: docx