5-sinf Adabiyot fanidan Uch og'a-ini botirlar ertagini tahlil qilish dars ishlanma

5-sinf Adabiyot fanidan Uch og'a-ini botirlar ertagini tahlil qilish dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Adabiyot fanidan Uch og'a-ini botirlar ertagini tahlil qilish dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Navoiy viloyati Zarafshon shahri 12- umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Raximova Mehrigul Umar qizining 5- sinflarda Uch og'a- ini botirlar ertagini tahlil qilish mavzusida tayyorlagan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi. Sana: 2022.10.13. Sinf: 5-E Fan: Adabiyot O'qituvchi: Raximova Mehrigul Umarovna Mavzu: Uch og'a-ini botirlar ertagini tahlil qilish. Darsning maqsadi: ta'limiy:O'quvchilarda badiiy asarlarni tahlil qilish, OAV dan foydalanish kompitensiyalarini shakllantirish, ertak xususida nazariy ma'lumotlar berish. tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarga axloqiy tarbiya berish, ularni adabiyotga muhabbat hamda ajdodlar merosini asrab - avaylash ruhida tarbiyalash, rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning so'z boyligini o'stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o'rgatish. Fikrni og'zaki nutq sharoitida bayon qila olish kompitensiyalarini shakllantirish. Dars metodi: Energizer, Jumlalarni davom ettiring, Mozaika, Besh barmoq, Bir daqiqa, Energizer ( Uch bo'g'inli so'z), Chehralar (Smayliklar) metodlari hamda sahna ko'rinishi. Darsning turi: Yangi bilim beruvchi mahorat dars. Dars jihozi: darslik, rangli ko'rgazmalar,texnik vositalar, slayd, o'quv shartnomasi, elektron doska. Darsning borishi. Darsdagi vaqt taqsimoti. I.tashkiliyqism: -Salomlashish; - navbatchi axborotini tinglash; - o'quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash; - sinf xonasi tozaligini aniqlash; Salomlashish: O'qituvchi: Salom aziz o'quvchilar, barcha fanda a'lochilar. Darsga tayyor keldingizmi, fan neligin bildingizmi? Qani bugun darsimizda kim navbatchi? O'quvchilar bor-yo'qligin tezda bilib aytingchi? Navbatchilar 2 ta yigit-qiz: Yigit: Haftaning payshanbasi, 13- oktyabr, Qiz: Sinfda 32 o'quvchi, hammamiz to'liq kelgan, Yigit: kitob- daftar joyida, Qiz: mavzuni o'qib kelgan. O'qituvchi: Aytingchi o'quvchilar maqsadingiz ne sizning? O'quvchilar: Maqsadimiz: bilim olish, Shiorimiz : a'lo o'qish, Niyatimiz: kelajakda vatanga xizmat qilish. O'qituvchi: O'quvchilar biz oktyabr oyida qanday bayramlarni nishonlaymiz? O'quvchilar: 2 ta o'quvchi, ustoz hamda til ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 584.64 KB
Ko'rishlar soni 432 marta
Ko'chirishlar soni 125 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 584.64 KB
Ko'rishlar soni 432 marta
Ko'chirishlar soni 125 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga