5-sinf O'zbek tili Hajm-o'lchovni bildiruvchi sifatlarning qo'llanishi (2-3-darslar) 2-dars 1-topshiriq. Rasmdan hamda berilgan so'z va so'z birikmalaridan foydalanib, Kitob mavzusida 4-5 ta gap tuzing. 2-topshiriq. Suhbatni davom ettiring. Bilasizmi? 2-aprel - Xalqaro bolalar kitobi kuni. 3-topshiriq. O'qing. Tinglang. So'zlang. Berilgan topshiriqlarni bajaring. Lug'at tafakkur - мышление iste'dod - способность chinakam - по-настоящему mehr - любовь beminnat - без упрёка fikrlash - размышлять Savol va topshiriqlar Muomala odobi 1-mashq. Berilgan hajm-o'lchovni bildiruvchi so'zlarning qarama-qarshi ma'nodagi juftini toping. Shu so'zlar ishtirokida so'z birikmasi tuzing. uzun qalin past enli tekis ensiz ingichka qisqa baland egri Yodda tuting! Fonetik mashq 4-topshiriq.O'qing. Tinglang. Yozing. So'zlang Kitob eng sabr-qanoatli, bardoshli, quvnoq birodarimizdir. U har qanday musibatli yoki baxtsizlik damlarda ham bizdan yuz o'girmaydi. (S. Smayls) Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atalgan tortig'idir. (J. Addison) Mustaqil ish. Hajm-o'lchovni bildiruvchi sifatlarni ajrating va ular ishtirokida birikmalar tuzing. Yosh, ziyrak, keng, unumli, bepoyon, serquyosh, mashhur, shirin, yirik, xushbo'y, dumaloq, ho'l, eski, qisqa, katta, uzun. Namuna: keng ko'cha, ziyrak o'quvchi, 5-topshiriq. O'qing. Tinglang. Hajm-o'lchovni bildiruvchi sifatlarni toping va ma'nosini tushuntiring. TINCH O'LKAGA KITOB YARASHAR Yer yuzining qaysi burjida Kimlar nega qandayin yashar? Tinch-xotirjam o'lkaga qarang, Kitob bayramlari yarashar. Bir-biridan qiziq kitoblar, Qalin-yupqa tuzuk kitoblar, Kecha, bugun - tarixim unda, Varaqlayman barisi shunda. Savol keldi menga nogahon, Yashar edim kitobsiz qanday? Cho'chib tushdim bu o'ydan hatto, Ko'zimga tor tuyuldi dunyo. Birdan quyosh yo'qolib qoldi, Osmon oysiz tund bo'lib qoldi. Zimistonga aylandi hayot, Yo'llarimni yo'qotdim nahot. Ha, kitobsiz ma'ni yo'q bunda, 0'qib dilim yayraydi kunda. Kitoblarning bahosi tengsiz, 0'qing, boyib ketasiz ...

Joylangan
30 Aug 2023 | 08:15:51
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.09 MB
Ko'rishlar soni
300 marta
Ko'chirishlar soni
52 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:37
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Aug 2023 [ 08:15 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.09 MB
Ko'rishlar soni
300 marta
Ko'chirishlar soni
52 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:37 ]
Arxiv ichida: pptx