Qashqadaryo viloyati G'uzor tuman XTBga qarashli 47-umumiy o'rta maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi QORAQULOVA KLARAning ona tili (1-sinf) fani uchun tayyorlagan 1- soatlik dars ishlanmasi MAVZU: 1-SINF Dars mavzusi: Undosh tovushlar va harflar. II. Darsning maqsadi: ta'limiy maqsad: mavzuni to'la yoritgan holda o'quvchilarda undosh tovushlar va harflar to'g'risidagi bilimlarni shakllantirish; tarbiyaviy maqsad: dars o'tish jarayonida o'quvchilarda odob-axloq, vatanparvarlik, ona tabiatga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini uyg'otish; rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarni yozma va og'zaki nutqini o'stirish, imlo savodxonligini oshirish, fikrlash doirasini kengaytirish, erkin va mustaqil fikrlashiga imkon yaratish. Asosiy tushuncha va atamalar: harf, tovush, undosh tovush. O'quvchilar egallashi lozim bo'lgan BKM elementlari: Bilimlar: - o'zbek tilida nechta undosh tovush borligini bilish; - o'zbek tilida nechta undosh harf borligini bilish. Ko'nikma va malakalar: -tovush va harf tushunchalarini bir-biridan farqlay olish; - undosh tovushlarni yoza olish; - harf birikmalarini ajrata olish. Darsda qo'llaniladigan metodlar: harflarni o'zgartirib so'z tuzing o'yini. Dars shakli: amaliy mashg'ulot Dars usuli: noan'anaviy, yangi pedagogik texnologiya asosida Darsda qo'llaniladigan vositalar: 1-sinf ona tili darsligi, yong'oq, karam, kartoshka, turp, piyoz, sholg'om singari sabzavotlarning kattalashtirilgan rasmlari, bosma va yozma harflar jadvali va hokazo. Darsning borishi: tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, fasllar haqida suhbat. O'tilgan mavzuni takrorlash. O'tilgan mavzu: Unli tovushlar va harflar. Takrorlash yuzasidan savollar: Unli tovushlar qaysilar? Ular qanday talaffuz qilinadi? Unli tovushni ifodalovchi harflar nechta? IX. Yangi mavzu bayoni. o'quvchilarda undosh tovush va harf nima ekanligi to'g'risidagi bilimlarni shakllantirish uchun undosh tovushlar va harflarning ta'rifini keltirish; O'pkadan chiqayotgan havo og'iz boshlig'ida to'siqqa uchrashidan hosil bo'ladigan tovushlar undosh tovushlar deyiladi. tovush va harf tushunchalarining ...

Joylangan
20 Sep 2023 | 08:16:48
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
468.15 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:22
Arxiv ichida: docx
Joylangan
20 Sep 2023 [ 08:16 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
468.15 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:22 ]
Arxiv ichida: docx